"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznetsovning bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 19.05.2023 06:58:28Jahon xaritasida oʻz oʻrnini egallagan mustaqil Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xalq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri sifatida koʻmir sanoati alohida oʻrin tutadi. Tabiiy resurslarga boy Ohangaron vodiysining Angren koʻmir havzasidan har yili millionlab tonna qattiq yoqilgʻi qazib olinadi. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati isteʼmolchilarni 75 yildan buyon "qora oltin" bilan taʼminlab kelmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deb eʼlon qilingan 2023 yilda muhim sana – "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 75 yilligi nishonlanmoqda.
1948 yilda "Angren" koʻmir koni qurib foydalanishga topshirildi va Oʻzbekiston koʻmir sanoatiga asos solindi. Bugungi kunda koʻmir sanoati respublika yoqilgʻi-energetika majmuining muhim tarmogʻi boʻlib, jamiyatimiz Oʻzbekistondagi koʻmir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yirik korxonaga aylandi. Bu yerda har yili millionlab tonna koʻmir qazib olinib, respublika ehtiyojlari uchun yetkazib berilmoqda. Koʻp ming kishilik mehnat jamoamizning oʻz ishi boʻyicha professionali boʻlgan aʼzolari kamtarin va fidokorona mehnati bilan bilan mamlakat taraqqiyotiga beqiyos hissa qoʻshmoqda.
Hurmatli hamkasblar, aziz konchilar!
Sizlarni muhim sanalar – Oʻzbekistonda konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni hamda "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining 75 yillik yubileyi bilan tabriklayman! Barchangizga mustahkam sogʻliq, tinchlik, farovonlik, mehnat faoliyatingizda hamisha ulkan yutuqlar tilayman! Yetmish besh yillik zalvorli yoʻlni oʻz ichiga olgan yubiley mehnat jamoamiz uchun ulkan voqeadir. Bu voqea mamlakat va shahar tarixida abadiy qolishiga ishonaman.
Oxirgi yangiliklar:
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari jurnalistLari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etmoqda. 2026-yil 25-sentabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar...
O'qish
Rossiya kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi
2026-yil 23-sentabr kuni Rossiya Mustaqil ko‘mir sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki to...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari uchun intellektual va rahbarlik salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘...
O'qish