Qimorbozlik ‒ eng yomon illat!
Nashr qilingan sana: 30.10.2024 09:55:33Bugun axborotlarning asosiy qismini internetdan olamiz. Biroq unga qattiq bog‘lanib qolish, ayniqsa zararli virtual o‘yinlar iskajasiga tushib qolishdan saqlanish kerak. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ana shu mavzuda ogohlikka da’vat etuvchi tadbir o‘tkazildi.
“Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirda jamiyati ijro apparati xodimlari va filiallar vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi qator satylar bloklangan, onlayn qimor esa taqiqlangan. Bu bejiz emas.
Afsuski, onlayn qimor bilan bog‘liq jinoyatlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda 55 ta, 2020-yilda 86 ta, 2021-yilda 103 ta va 2022-yilda 90 ta aynan shunday turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Yig‘ilishda tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlarining yuqorilagi kabi ayanchli oqibatlari haqida so‘z bordi.
Ta’kidlaganidek, internet orqali pul tikiladigan turli o‘yinlarda ishtirok etish oqibatida katta mablag‘ni yutqazib qo‘yib, xonavayron bo‘lgan, hatto, o‘z joniga qasd qilganlar bor. Achinarlisi, totalizatorlar orqali pul topishga urinayotganlarning aksariyati yoshlardir. Ular allaqanday moʻjiza sabab bir lahzada katta yutuqlarga erishish mumkin, deb o‘ylashadi va ushbu illat iskanjasiga tushib qolayotganini bilmay qolishadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni doimo hushyor bo‘lishga, virtual o‘yinlar, ayniqsa onlayn qimor orqali orqali oson pul topishdan saqlanishga chaqirdilar.
Tadbirda onlayn qimor va uning ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan film namoyish qilindi.
Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ axborot xizmati mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish