“Qora oltin” tafti qalblarga yorugʻlik va iliqlik olib kiradi
Nashr qilingan sana: 03.01.2025 15:30:29Voqealarga boy 2024-yil biz, Angren konchilari uchun samarali va omadli boʻldi. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tarixda ilk marta 6,7 million tonnadan ortiq koʻmir qazib chiqarildi. Yangi boshlangan yilda biz yil kuch-gʻayrat, sabr va mahoratimizni birlashtirib, yanada bundan ham koʻproq yoqilgʻi qazib olish niyatidamiz.
Oʻzbekiston hududida bu foydali qazilmalar shunchalik koʻpki, uni muntazam ravishda qazib olish odamlarning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini qoplashdan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Tabiiy zaxiralari yetarli boʻlgan "qora oltin" mamlakat yoqilgʻi-energetika balansida munosib oʻrin egallaydi. Koʻmirga talab yil esa sayin ortib bormoqda, chunki bu yoqilgʻi arzon va mavjud boʻlib, konchilarimiz oldiga koʻmir qazib olish surʼatini bosqichma-bosqich oshirish vazifasi qoʻyilmoqda. Oʻylaymanki, biz belgilangan vazifalarni albatta uddasidan chiqamiz.
Oʻtgan 2024-yilda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga 6,2 million tonna koʻmir qazib chiqarish rejasi topshirilgan edi. Ushbu rejani ortigʻi bilan bajarishda “Angren” koʻmir konining hissasi ulkan boʻldi. Bularning barchasiga ekskavator mashinistlari, uchastka boshliqlari, togʻ-kon ustalari, kon samosvallari haydovchilari va boshqa kasb vakillaridan ibora katta va ahil jamoamizning oʻz vazifasini sidqidildan bajarishi, kasbiga masʼuliyatli munosabati tufayli erishildi.
“Angren koʻmir koni” filiali “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining asosiy koʻmir qazib oluvchi korxonasi boʻlib, 2024-yilda eng soʻnggi togʻ-kon texnikasi: "Komatsu" kon samosvallari, buldozerlar, yuk koʻtaruvchilar, avtogreyderlar qabul qilib oldi va ishlab chiqarishga qoʻydi. Shu tariqa, filialning avtomobil va traktor-buldozer parki yangilandi.
Biz sohada taraqqiyot sari dadil qadam tashlamoqdamiz. Bu qadamlar isteʼmolchilarni qattiq yoqilgʻi va boshqa foydali qazilmalar bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash muammosini hal etishga qaratilgan. Ishonchim komilki, koʻmir uzoq vaqt davomida insoniyatning energiya inqirozini bartaraf etishda ishonchli yordamchisi boʻlib qoladi.
Yangi yilni yangi umidlar bilan boshlash odat tusiga kirgan. Maqsadimiz ‒ ona tabiatimiz inʼom etgan "qora oltin"ni omilkorlik bilan qazib olish va yetkazib berishni yanada koʻpaytirish. Biz oʻz mehnatimiz bilan odamlarning hayotini yaxshiroq, qulayroq, iliqroq qilishimizni yaxshi anglaymiz va dadil qadamlar bilan yanada olgʻa boramiz.
Koʻmir sanoati biz soha xodimlari hayotining mazmunidir. Biz har kuni qazib oladigan ushbu neʼmatdan taralayotgan yorugʻlik va iliqlik qalblarni yoritsin va ilitaversin!
Aleksandr KORCHAGIN,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ “Angren koʻmir koni” filiali direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Oʻzbekkoʻmir” aj: xalqaro hamkorlikning yangi ufqlari
2024-yil “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati uchun xalqaro aloqalarni mustahkamlash va strategik hamkorlikni kengaytirish yili boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu yi...
O'qishSurxondaryoda Yangi yil oldidan yana 624 tonna ko‘mir tarqatildi
Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda. Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir...
O'qishKoʻmir konida ish qizgʻin davom etmoqda
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda. Konchilar 31-dekabr - bayram kuniga qaramay, kon ustki q...
O'qish