Xorij delegatsiyasi “Angren” ko‘mir konida bo‘ldi
Nashr qilingan sana: 27.09.2023 07:24:23Bugun Yaponiya Akita universitetining professori Atsushi Shibayama boshchiligida 18 nafar kishilik delegatsiya “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi. Delegatsiya tarkibida qo‘shni Tojikiston, Qozog‘istondan va Qirg‘iziston Respublikalaridan kelgan ikki vakil ham bor.
“Angren ko‘mir koni” filiali markaziy dispetcherlik punkti faollar zalida xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bosh geolog E.Jo‘rayev va bosh marksheyder T.Xudaynazarov ishtirokidagi uchrashuvda mehmonlar jamiyati faoliyati, xususan, “Angren” koni tarixi va bugungi kuni, istiqboldagi rejalar va mavjud muammolar xususida batafsil tanishtirildi.
Tadbir jarayonida delegatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Ular O‘zbekiston kon-metallurgiya sanoati, xususan, ko‘mir sanoati sohasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishlari haqida fikr bildirdilar.
Qutlug‘ Teshaboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘limi boshlig‘i
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish