Yarim kechasi olib chiqilgan ko‘mir “Marg‘ilon” omboriga tegishli emas
Nashr qilingan sana: 09.12.2024 20:03:42Ijtimoiy tarmoqda "Margʻilon koʻmir ombori kimning nazoratida? Xalqning koʻmiri kimlarning choʻntagida?” sarlavhali tanqidiy videolavha tarqaldi.
(https://t.me/JAMOAT_NAZORATI/34318)
Videolavhada jamoatchi Elyorbek Madaminov tomonidan 2024-yil 7-dekabr tungi soat 3:00лар atrofida koʻmir omboridan koʻmir olib chiqilayotgan “Zil” avtoulovini toʻxtatilib, uning haydovchisi bilan suhbatlashganda, haydovchi hech qanday hujjat taqdim qilmagani, ushbu holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar qilingani va huquq xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, avtomashinani jarima maydoniga olib ketgani aks ettirilgan.
“Koʻmir taʼminot” MCHJ Fargʻona viloyati filiali mutasaddilari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijasida “Zil” avtouloviga koʻmir “Said Ahmad” xususiy firmasi qarashli qoʻshni ombordan yuklangani aniqlandi. “Karajara” nomli ushbu qozoq koʻmiri xususiy tadbirkor tomonidan Qozogʻiston Respublikasidan keltirilgan boʻlib, uning “Koʻmir taʼminot” MCHJga qarashli Margʻilon hududiy koʻmir omboriga mutlaqo aloqasi yoʻq.
Maʼlumot uchun, aholiga moʻljallangan mahalliy koʻmir Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizom” asosida “Koʻmir taʼminot” MCHJga qarashi respublika hududiy koʻmir omborlari orqali tarqatilmoqda.
Biz ijtimoiy tarmoq yurituvchilaridan aholiga koʻmir tarqatish bilan bogʻliq masalani yoritishda mavzuni yetarli darajada oʻrganishlari muhimligini, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, yolgʻon axborot tarqatish javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish