Oʻzbekistonda 2023 yilda koʻmir qazib chiqarish 6,5 million tonnaga yetkazish belgilandi
Nashr qilingan sana: 18.05.2023 02:10:12Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni 11 may kuni Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini taʼminlash borasida koʻrilayotgan choralar muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi energiyani tejash masalasiga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani koʻmirda isitish loyihasini boshlagan. Loyiha doirasida koʻmirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dasturlar qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.
Koʻmirga talab shu yilning oʻzida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda koʻmir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi. Buning uchun "Angren" koʻmir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, "Shargʻun koʻmir"ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta koʻmir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish