Investitsion takliflar, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i (Ijro aparati)

Investitsion takliflar, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i (Ijro aparati)

Kasb

Investitsion takliflar, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i

Ish joyi

O`zbekko`mir AJ

Oklad

3 334 485 so`m (11-razryad)

Yoshi

28

dan

60

gacha

Ma’lumoti

oliy

Qo’shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

kamida 5 yil

Bilishi kerak

- investitsiya dasturlari masalalari bo'yicha yuqori turuvchi organlar va korxona rahbariyatining qarorlari, farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va yo'riqnomalari;

-korxona profili, ixtisoslashuvi va strukturasining xususiyatlari;

-korxonaning texnik-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollari;

-investitsiya loyihalarini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlari;

- investisiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi;

- kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish hamda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish tartibi;

- investisiya loyihalarini dastlabki tanlash tartibi;

- loyihalarni moliyalashtirish manbalari va moliyalashtirish uchun loyihalarni tanlash tartibi;

-loyiha tahlili usullari va tuzilmasi, loyihaning moliyaviy tahlili va investitsiya loyihasi samaradorligini baholash;

- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik, sanoat xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong'in xavfsizligi to'g'risidagi qonun hujjatlari va qoidalar;

Ishning tavsifi

-har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar (loyiha pasporti, loyihani amalga oshirish jarayonidagi jadval, maqsadli dastur tuzilgan sanadagi loyiha holati) tayyorlash;

- xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalarini o‘rganish uchun belgilangan shakldagi investisiya taklifi tayyorlash;

- joriy yil uchun investitsiya dasturiga tuzatish kiritish bo'yicha takliflar islab chiqish.

- investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida har oyda (har oyning sanasigacha) yuqori turuvchi organlarga (Vazirlar Mahkamasi, FRR.Uz, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar qo‘mitasi, Savdo vazirligi va h.k.) ma’lumotlar taqdim etish. ;

 

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

 

Talab etiladigan hujjatlar

Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka)  ​​​​​​​

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling