Ko‘mir konining konveyer liniyalari
Nashr qilingan sana: 16.02.2024 14:58:10Angren konidan ko‘mir qazib olib va yuklab jo‘natishda asosan uch xil – avtomobil-texnologik transporti, temir yo‘l transporti hamda konveyer transportidan keng foydalaniladi. Eshquvvat Sariyev boshliq 53-bo‘lim jamoasi konveyer liniyalariga xizmat ko‘rsatib keladi.
Biz kuni kecha konda bo‘lganimizda ana shu kon transporti xususan, siklik oqim texnologiyasi va uni ishlatayotgan konchilar faoliyati bilan tanishdik.
Ma’lum bo‘lishicha, siklik oqim texnologiyasi, bu Angren ochiq konidagi barcha konveyer transportining yig‘indisidir. Taxminan besh kilometr uzunlikdagi konveyer liniyalari to‘r kabi konning butun hududini o‘rab oladi va ushbu transport turi tufayli yuqori qatlamli jinslar va qazib olinayotgan ko‘mirni manziliga yetkazadi. Haqiqatan ham, konveyer transporti konda eng tezkor hisoblanadi va u elektr energiyasi bilan ishlaydi.
Bo‘limning ikki yuqori gorizontida kon ochish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Konveyer lentalari ohista shitirlaydi, roliklar bir maromda aylanadi va ular og‘ir tog‘ jinslarini uzluksiz tashiydilar.
O‘tgan yilda konveyer liniyalari uzaytirilib, uzunligi 2350 metrga yetdi. 150 kishi ishlaydigan bo‘lim esa kondagi eng yirik jamoa bo‘lib, ayni paytda 3-konveyer liniyasining 600-metrli qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
– Ishimiz juda murakkab va og‘ir, boz ustiga barcha xodimlar erkak kishilar, – hazil bilan tan oladi boshliq Eshquvvat Sariyev. – Lentalar tez va tinimsiz aylanadi, shu bois ular tez-tez ishdan chiqadi. Ayniqsa, o‘tkir qirrali toshlar lentalarning matosini buzadi, Matolarning 5-6 santimetr bo‘lishiga qaramay, toshlar ularni teshib yuboradi. Roliklar orasiga toshlar ham tushib qolib, liniyaga putur yetkazadi.
Xullas, konveyer liniyasining bir necha o‘nlab metr uzunlikdagi barcha qismini tartibga solish – bu hazil emas, siz buni ko‘tarma kransiz va ko‘plab ishchilarsiz qilolmaysiz. Ta’mirlash mumkin bo‘lmagan eskirgan lentalarning katta rulonlari maxsus ochiq joylarda saqlanadi. Bunday roliklardan biri kamida o‘n besh tonnani bo‘lib, boshqa joyga ko‘chirish uchun ko‘tarma kran talab qiladi. Agar lentani ta’mirlash kerak bo‘lsa, vulkanizatsiya bo‘yicha mutaxassislar chaqiriladi, ular teshiklarni va boshqa kamchiliklarini tuzatib berishadi.
Shimoliy ko‘mir yo‘nalishida ham konveyer liniyasi bo‘lib, u qazib olingan ko‘mirni yuzadan avtotransportda tashish sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi. Dizel yoqilg‘isi ham tejalmoqda. Konveyer transporti sharofati bilan kaolin qazib olish va yuklab jo‘natish ham oson ham arzonroq tushmoqda.
E.Sariyevning ta’kidlashicha, “Angren ko‘mir koni” filiali direktori direktori Aleksandr Korchaginning ishni tashkil qilishdagi oqilona yondoshuvi ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu yerda maydalash tegirmoni majmuasi qurildi va kon ochish jarayonida chiqarib tashlanadigan tog‘ jinslaridan kon ichki texnologik yo‘llari uchun qum va shag‘al tayyorlanmoqda. Aleksandr Mixaylovich bir vaqtning o‘zida tashqi ag‘darma chegaralariga yetib boruvchi yangi konveyer liniyasini qurishni boshlashni ham taklif qildi.
Bo‘limga EKG-8 va ESH-10 rusumli ikkita kon ekskavatori biriktirilgan. Ulardan biri ancha eskirgan, ammo hali ham yaxshigina ish bermoqda.
Biz bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari To‘lqin Valiyev bilan ham suhbatlashdik.
– Jamoamiz katta, – deydi To‘lqin Valiyev. – Ba’zida ta’mirlash juda ko‘p bo‘ladi va bir necha hafta davom etadi. Shunga qaramay rejalarni bajarishga harakat qilayapmiz. Buning uchun bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan, zarur yordamini ayamayotgan kon direktori Aleksandr Korchagindan minnatdormiz. Korxonada uzoq vaqt ishlab kelayotgan kon ustalari va mutaxassislarimiz Nuriddin Hunarov va Jamshid Normurodov, Oybek Begmatov, Elmurod Raxov, Ilhom Tursunboyev, Muzaffar Gaziyevlarning tajribasi ham ishimizda qo‘l kelmoqda.
Ayni paytda bo‘limda oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli, tajribasiga to‘liq tayanishingiz mumkin bo‘lgan yosh, istiqbolli mutaxassislar yetarli. Ular orasida universitetning yo‘nalishini tamomlagan ekskavator-yordamchisi Jamshid Qosimov, zaxira ustasi Abdujalol Xatamov, kon ustasi Mirsaid Yusupov bor.
Quvonarlisi bo‘lim jamoasi 2023 yilda konveyer transporti orqali tog‘ jinslari va ko‘mir tashish rejalarini bajardi.
Kondan qaytar ekanmiz, Ona Yer bilan muomala qilish naqadar sharafli ekanini tushundik, bu qanday ta’riflab bo‘lmas mashaqqatli mehnat ekan. Lekin shu bilan birga inson faoliyatining ulkan ko‘lamiga qoyil qolishdan beixtiyor estetik zavq oldik.
Diana ANDREEVA
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish