OʻQUV-SEMINARI: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINING SAMARADORLIGINI REYTING BAHOLASH TIZIMI
Nashr qilingan sana: 02.12.2022 13:08:33Maʼlumki, soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qator qonun hujjatlari qabul qilindi, davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qator standartlarni oʻz faoliyatiga joriy etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Biroq, ushbu vazifalarni davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilish sifatiga baho beruvchi, monitoringini olib boruvchi tizim mavjud emas edi. Qonunchilikdagi mazkur boʻshliqqa barham berish maqsadida 2022 yil 12 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
2022 yil 2 dekabr kuni "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida mazkur hukumat qaroridan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi.
Jamiyatning komplayens nazorat xizmati tomonidan tashkil etilgan tadbirda jamiyatning markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni jamiyat komplayens nazorat xizmati rahbari E.Amanov olib bordi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi komplayens nazorat xizmati rahbari Daler Temirov Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi.
Seminar yigʻilishda mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan aniq vazifa va topshiriqlar muhokama qilindi.
Yigʻilganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Neʻmat Dushayev,
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati rahbari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish