Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
Nashr qilingan sana: 09.03.2025 10:08:36
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzluksiz davom etmoqda.
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali Jamiyatning to‘ng‘ich korxonasi bo‘lib, jamoasi yer ostida faoliyat olib boradi. Ishlari mashaqqatli, ammo shunga yarasha mahsulot sifati – a’lo!
Jahongir Mutalipov rahbarligidagi mehnat jamoasi zimmalaridagi reja-topshiriqlarni hamisha ortig‘i bilan ado qilib kelishadi. Bu yerda ish kechayu kunduz, dam olish kunlarisiz smena asosida davom etadi. Maqsad ‒ iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlashga hissa qo‘shish!
Siz ko‘rib turgan suratlarni biz konchilar shaxtadan navbatdagi smenani topshirib chiqqan paytida tasvirga tushirdik.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish