Xon atlas: milliy liboslar namoyishi
Nashr qilingan sana: 11.09.2024 11:59:25Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Xon atlas” festivalida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ishtirok etmoqdalar. Bugun, 11 sentabr kuni jamiyat ijro apparatida festival doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
‒ Milliy liboslarimiz juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqimizning boy madaniy an’analari va turmush tarzini o‘zida mujassam etgan. Ammo ular bugungi kunda asosan an’anaviy bayram tadbirlarida kiyiladi. Vaholanki, milliy liboslarimiz kundalik va dam olish kunlari ham keng foydalanish mumkin. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ana shu haqida so‘z bordi, ‒ deydi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Dilrabo Xidirova.
Aksiyadorlik jamiyatida “Xon atlas” festivali doirasidagi tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun bosh direktor buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, ijro apparati va tizimdagi barcha korxonalardan vakillar qatnashdi. Atlas va adrasdan tikilgan kiyimlari o‘zlariga yarashgan konchi-opa singillarimiz tadbir bahona shu kuni milliy liboslarimiz nechog‘lik yorqin va chiroyli ekanligini ko‘z-ko‘z qildilar.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 9 sentabrda boshlangan festival va uning doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 14 sentabrgacha davom etadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish