Oʻzbekistonda 2023 yilda koʻmir qazib chiqarish 6,5 million tonnaga yetkazish belgilandi
Nashr qilingan sana: 18.05.2023 12:10:12Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni 11 may kuni Prezident raisligida joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror ishlashini taʼminlash borasida koʻrilayotgan choralar muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi energiyani tejash masalasiga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi tumanidagi tadbirkor 10 gektar issiqxonani koʻmirda isitish loyihasini boshlagan. Loyiha doirasida koʻmirni sintez qilish orqali yiliga 2,8 million kub metr gaz iqtisod qilinib, 8 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Qolgan viloyatlarda ham shunday loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dasturlar qabul qilish zarurligi taʼkidlandi.
Koʻmirga talab shu yilning oʻzida 1,5 baravarga oshishi kutilayotganini hisobga olib, joriy yilda koʻmir qazib chiqarishni 5,3 million tonnadan 6,5 million tonnaga olib chiqish zarurligi qayd etildi. Buning uchun "Angren" koʻmir koniga 80 million dollar kredit ajratiladi, "Shargʻun koʻmir"ning birinchi liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, 14 ta koʻmir koniga tadbirkorlar jalb qilinadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Ko‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutu...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qishKoʻmir mahsulotlarini talon-toroj qilganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
2024 yil 22 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻ...
O'qishBosh direktor yoshlar bilan uchrashdi
27-aprel kuni «O‘zbekko‘mir» AJ ijro apparati binosida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Angren shahar “Yoshlik” hamda “May...
O'qish