Ekskavator mashinistlarini samarali mehnati e’tirofi
Nashr qilingan sana: 31.05.2024 11:04:56
“Angren ko‘mir koni” filialida o‘z kasbining ustalari bo‘lgan konchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Birinchi bo‘lim kon ekskavatori mashinisti Abdumo‘min Abdurahmonov va ikkinchi bo‘lim kon ekskavator mashinisti yordamchisi Mehroj Abduvoitov ana shunday tajribali konchilardan hisoblanadi.
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni hamda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganligining 76 yilligi munosabati Abdumo‘min Abdurahmonov va Mehroj Abduvoitov O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan edilar.
Bugun jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov dongdor konchilarimizga faxriy yorliqlarni topshirar ekan, ularning ishlab chiqarishdagi samarali mehnatlarini alohida e’tirof etib, kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tiladi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish