Umumxalq xayriya hashari 11 kuni oʻtkaziladi
Nashr qilingan sana: 10.03.2023 19:00:01"Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining 2023 yilning 11 yanvar kuni jamiyat ijro apparati va filiallarida "Obod va fayzli mahalla ‒ yurt koʻrki" shiori ostida umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari oʻtkazish toʻgʻrisidagi 9 mart kuni 102-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 martdagi № 91-F farmoyishiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida "Navroʻz" umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan buyruq bilan:
2023 yil 11 mart kuni "Oʻzbekkoʻmir" AJ tasarrufidagi barcha filiallar hududlarida "Obod va fayzli mahalla ‒ yurt koʻrki" umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hasharini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tasdiqlandi.
Barcha filiallar rahbarlariga:
Hududlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida ichki buyruqqa asosan ishchi guruh vakillari tayinlandi va ular zimmasiga xayriya hashari doirasida biriktirilgan hududlarda, hamda korxona maʼmuriy binolari atroflari va yondosh hududlarini tozalash, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarini tartibga keltirish, gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, boʻsh hududlarda bogʻlar barpo etish, daraxtlarni oqlash va boʻyash hamda daraxtlarga shakl berishni tashkil qilish;
‒ Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari oʻtkazish jarayonida toʻplangan chiqindilarning alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash;
"Moddiy texnik taʼminot va ijtimoiy soha" filiali boshligʻiga (Rahimov) hududlarni koʻkalamzorlashtirish hamda yangi bogʻlar barpo etish uchun zarur boʻladigan manzarali va mevali daraxt, hamda gul koʻchatlarini tegishli korxona hamda filiallarga oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida yetkazib berish va kerakli mehnat anjomlar bilan taʼminlash vazifasi yuklatildi.
Xayriya hashari munosabati bilan mehnat qilgan xodimlarning bir kunlik ish haqi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Angren shahar boʻlinmasi boshqaruvi bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Konchilar spartakiadasi: g‘oliblar munosib taqdirlandi
«O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Konchilar...
O'qishKonchilar spartakiadasi: do‘stlik g‘alaba qozonadi
Bugun ertalab «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «K...
O'qishMangu xotirangiz oldida ta’zimdamiz, mard o‘g‘lonlar!
Bugun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahar Xotira huyobonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi o'tkazildi. Ush...
O'qish“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qish