Isteʼmolchilar talabi shakllantirilmoqda
Nashr qilingan sana: 27.04.2023 13:11:12"Koʻmir taʼminot" MCHJ tomonidan 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida respublikamizning olis va borish qiyin boʻlgan qishloq (ovul)larda yashovchi aholi ehtiyojlari uchun rejadagi 106,1 ming tonna oʻrniga 107,6 ming tonna mahalliy koʻmir yetkazib berdi, yaʼni ushbu vazifa 101 foizga bajarildi. Mavsum davomida aholiga 882 ming tonna oʻrniga 918,1 ming tonna mahalliy koʻmir tarqatildi. Byudjet tashkilotlari 518 ming tonnalik rejaga qoʻshimcha sifatida 15,5 ming tonna koʻmir bilan taʼminlandi.
Ayni kunlarda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan boʻlib, respublika byudjet tashkilotlari va aholiga mahalliy koʻmir yetkazib berish boʻyicha tegishli vazirliklar va joylardagi hokimliklar bilan hamkorlikda aniq talab shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublika hududiy koʻmir omborlari va ular tasarrufidagi texnika vositalarini yangi mavsumga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsumda jami 102 ta, shundan 89 ta ombor va 13 ta shaxobcha orqali koʻmir mahsuloti tarqatilgan boʻlib, bunda 62 ta avtoyuklagich va 55 ta yuk tashish mashinalari mavsumga jalb etilgan.
Hokimliklar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarga asosan, joriy mavsum uchun reja tasdiqlangach, may-avgust oylarida byudjet tashkilotlariga koʻmir tarqatiladi.
Ayni vaqtda byudjet tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va gʻaznachilikdan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Aholi isteʼmoli uchun mahalliy koʻmir tarqatish sentabr-dekabr oylarida amalga oshiriladi.
Sarvar Rasulov,
"Koʻmir taʼminot" MCHJ direktorining mahsulot realizatsiyasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish