Kiberxavfsizlikka qanchalik amal qilayapmiz?
Nashr qilingan sana: 27.09.2023 16:05:50Joriy yilning 27-sentabr kuni "O'zbekko'mir" aksiyadorlik jamiytida "Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz!" shiori ostida "Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!" mavzusida xodimlar bilan davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda aksiyadorlik jamiyati xodimlari, jamiyat rahbariyati, Toshkent viloyati IIBB mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida so'zga chiqqanlar kiberbulling, internet fishing, onlayn treyding kabi atamalarga ta'rif berish orqali kiberjinoyatchilar tuzogiga tushib qolmaslik, shaxsiy ma'lumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bogliq ma'Iumotlarni begonalarga ma'Ium qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o'yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Kiberxavfsizlik bo'yicha Toshkent viloyati IIBB kiberxavfsizlik katta mutaxassisi, leytenant Ramziddin Alimovning ta'kidlashicha ko'mir sanoati xodimlari tomonidan berilgan barcha savollar o'rinli bo'lib, ko'pchiliklari bugungi yuz berayotgan axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan boxabar faqatgina firibgarlik va shu kabi aldov yo'li bilan daromad orttirish istagidagi manfur kimsalarning borligi ularni o'ylantirmoqda. Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik markazi bu kabi targ'ibot tadbirlarini keng o'tkazish orqali aholining xabardorligini oshirishni maqsad qilgan.
Davra suhbati yakunida xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish