Kon-qutqaruvchilar spartakiadasi davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 24.09.2024 13:46:19#Kon_qutqaruvchilar_respublika_spartakiadasi
Kecha, 23-sentabr kuni Angren shahrida start berilgan kon-qutqaruvchilarining respublika spartakidasida sport jamoalari bugun bahslarni futbol, voleybol va fito-kross musobaqalari bilan davom ettirmoqdalar.
Spartakiadaning birinchi kuni kon-qutqaruvchilar jamoalari sportning futbol, tosh ko‘tarish va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.
Futbol bo‘yicha saralash musobaqalarida “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi hamda Chodak kon boshqarmalariga xizmat ko‘rsatuvchi 5- va 10-, “Navoiy KMK” AJ Zarniton kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatuvchi 8- hamda “O‘zbekko‘mir” AJga xizmat ko‘rsatuvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodlari AHKQV) jamoalari g‘olib chiqib, yarim finalga yo‘llanma oldilar.
Tosh ko‘tarish musobaqalarida Qovuldi kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatuvchi 10-AHKQV vakili sharafli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin “O‘zbekko‘mirga xizmat ko‘rsatuvchi 2-AHKQV vakili ‒ resperatorchi Akbarali Qarshievga nasib etdi. Vakilimiz 16 kg toshni 123 marta ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, vakilimiz stol tennisi musobaqalarida birinchi o‘rinni egalladi. 2-AHKQV tezkor avtohaydovchisi Sunnatilla Majikov bu borada raqiblariga hech bir imkoniyat qoldirmadi.
Kon-qutqaruvchilar bugun voleybol va fito-kross musobaqalarida ishtirok etmoqdalar. Futbol bo‘yicha yarim final musobaqalari ham bo‘lib o‘tadi.
‒ Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan kon-qutqaruvchilaring respublika spartakiadasi bu gal ham Angrenda tashkil etilayotgani biz uchun ayni muddao. Sababi, bu maskan jamoalar va ayniqsa, biz uchun qulay, qolaversa, sharoitlar ham yaxshi, ‒ deydi biz bilan suhbatda “O‘zbekko‘mir” AJga xizmat ko‘rsatuvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi komandirining tezkor ishlar bo‘yicha yordamchisi Abror Ismoilov. ‒ Spartakiadada jamoamiz kichik tarkibidan 16 nafar qutqaruvchi faol qatnashmoqda. Bunday sport musobaqalari jamoamiz jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish bilan birga hamkasblar bilan o‘zaro fikr, tajriba almashish, hamkorlik tuyg‘usini kuchaytirishda katta rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv Shtabi tashabbusi bilan tashkil etilgan spartakiada ertaga, 25 sentar kuni yakunlanadi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish