Koorupsiyaga yoʻl yoʻq!
Nashr qilingan sana: 04.04.2023 16:14:59"Avtomobil va texnologik transporti" filialida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligining reyting baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora tadbirlar va "Aksilkorrupsiya haftaligi" doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Filial boshligʻi A.Smagulov raisligida oʻtkazilgan tadbirda bosh muhandis R.Kandaxarov, ekspluatatsiya boʻyicha filial boshligʻi oʻrinbosari Gʻ.Matkasimov, bosh buxgalter N.Xoldibekova, kadrlar boʻlimi boshligʻi B.Qurbonkulova, mehnat va ish haqi boʻlimi boshligʻi U.Abdusalomov, ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi A.Nazirov, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi boʻlimi boshligʻi S.Shamirov, filiali kasaba uyushma qoʻmitasi raisi A.Ahmataliyev hamda barcha avtobaza va kolonna boshliqlari ishtirok etdi.
Filial boshligʻi A.S.Smagulov tadbirda soʻzga chiqib, "Oʻzbekkoʻmir" AJning "Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqish zarurati hamda aksilkorrupsiya haftaligi doirasida "Ochiq eshiklar kuni oʻtkazishning ahamiyati haqida tushunchalar berib oʻtdi, ayni paytda korrupsiyaviy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularning oqibatlari, keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligini alohida taʼkidladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi №PQ-81-sonli qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga yetkazildi hamda ushbu hujjatda belgilab berilgan vazifalar belgilab olindi.
Barcha avtobaza, boʻlim va boʻlinma boshliqlariga korrupsiyaviy harakatlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga barham berish, ularni oqibatlari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi toʻgʻrisida kunlik naryadlarda, yigʻilishlarda va boshqa tadbirlarda doimiy ravishda maʼlumot berib borish vazifasi topshirildi.
Izohlar
EPv8UeeStAaSyfw
03.06.2023 07:05:42Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish