Korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy asoslari
Nashr qilingan sana: 06.12.2022 18:22:22Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʻlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxoʻrlikdir. Shu boisdan ham har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirishda KONSTITUTSIYA asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar Konstitutsiyamizda belgilangan mezonlarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari" mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʻrifiy tadbirda yuqoridagi fikrlar alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab "Qurilish-montaj ishlari" filialida tashkil etilgan tadbirni jamiyat Birlashgan uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati rahbari Erkin Amanov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, xususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʻminlash kabi ulugʻvor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni taʼminlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga qoʻymoqda. Shu maqsadda ayni kunlarda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya ish olib bormoqda. Joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan "Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Unga koʻra, Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta norma kiritilmoqda.
Tadbirda E.Amanov Konstitutsiyaga kiritilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalar xususida maʻlumot berib oʻtdi.
Taʻkidlandiki, Konstitutsiyamizga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalarning kiritilishi, birinchidan – shaxsning, ikkinchidan – jamiyatning, uchinchidan – parlamentning, toʻrtinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faolligi va imkoniyatlari hamda masʻuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʻlumot berilib, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish nechogʻlik muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish