Mahalliy ko‘mir mahsulotining yangi tariflari tasdiqlandi
Nashr qilingan sana: 31.10.2023 18:21:19O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining qaroriga muvofiq “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika ichida sotiladigan ko‘mir mahsuloti tarifining yangi miqdori tasdiqlandi.
Idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 18-son yig‘ilish majlis bayonnosining 4-, 5-, 6- ilovalariga muvofiq “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan yetkazib beriladigan mahalliy ko‘mirning 1 tonnasi uchun tarifi ko‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda quyidagicha miqdorlarni tashkil qiladi:
Issiqlik elektr stansiyalariga:
– 2 BOMSSH (0-50) – 365 800 so‘m.
– 2 BOMSSH-B-B1 (0-50) – 322 800 so‘m.
– 2 BOMSSH-B-B2 (0-50) – 253 900 so‘m.
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ orqali:
Byudjet tashkilotlari uchun – 431 400 so‘m.
Aholi uchun – 309 800 so‘m.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” Qonuniga muvofiq mazkur yangi tariflar rasmiy e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kun o‘tgach, ya’ni joriy yil 15 noyabrdan boshlab kuchga kiradi.
Izoh: Mazkur narxlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 249-son qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladigan ko‘mir uchun belgilangan. Birja savdolari orqali sotiladigan ko‘mir narxlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birda savdolari mexanizmalarini yanada takomillashtirish chora-tadirlari to‘g‘risida”gi PQ-4484-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda belgilangan.
“O‘zbekko‘mir” AJ AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qishFuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi – dolzarb vazifa
Bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakat...
O'qish