“O‘zbekko‘mir” AJ: avgust oyida rejadagidan 22 ming tonna ko‘p ko‘mir qazib olindi
Nashr qilingan sana: 12.09.2023 18:24:10“O‘ZBEKKO‘MIR” AJ: AVGUST OYI ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
“O‘zbekko‘mir” AJda 2023 yilning avgust oyida rejadagi 621 000,0 tn o‘rniga 643 099,8 tn ko‘mir qazib olindi. Bu oylik rejadagidan 22 ming tonnaga ko‘pdir.
Ko‘mir qazib olish oylik rejalari “Angren ko‘mir konida 104,0 foizga, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish filialida 106,7, foizga, “Apartak” konida 101,5 foizga bajarildi.
Iste’molchilarga 528 363,8 tn mahsulot yuklab jo‘natildi yoki bu boradagi reja ortig‘i bilan bajarildi.
Shuningdek, avgust oyi davomida rejadagi 65 000 tn o‘rniga 163 975,3 tn kaolin qazib olindi, yoki bu boradagi rejaning bajarilishi 252,3 foizga teng bo‘ldi. Iste’molchilarga 105 573,6 tn yuklab yuborildi.
Jamiyat tomonidan amaldagi narxlarda 155,651 mlrd so‘mlik, taqqoslama narxlarda 148,489 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Avgust oyi davomida kon ishlarida qoloqlik kuzatildi. Jamiyat bo‘yicha 2 056 903,0 kubometr hajmida tuproq ishlari bajarildi va bu rejaga nistbatan 65,1 foizni tashkil etdi. Temir yo‘l transportida kon ochish 92,1 foizga, avtotransportda kon ochish 58,1 foizga teng bo‘ldi.
Avgust oyida mahalliylashtirish dasturi doirasida 486,2 mln so‘mlik butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilib, reja 100,4 foizga bajarildi.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish