"O‘zbekko‘mir" AJ : yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar va natijalar
Nashr qilingan sana: 12.07.2023 17:56:292023 yil yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, kon ustini ochish ishlari 11,1 mln. kub metr yoki prognozga nisbatan 102,0 foiz bajarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 133,2 foizni tashkil qildi.
Ko‘mir qazib chiqarish 2 347,5 ming tonna yoki rejaga nisbatan 102,8 foiz (2 283,4 ming tonna) bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,8 foizga teng bo‘ldi.
Iste’molchilarga 2 266,4 ming tonna ko‘mir yetkazib berilib, reja 107,1 foiz (2 115,5ming tonna)ga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,2 foizni tashkil etdi.
Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 605,5 mlrd. so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 101,8 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 518,2 mlrd. so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 100,9 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan - 98,2 foiz.
Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 2,6 mlrd. so‘mlik tog‘-kon uskunalari ehtiyot qismlari va yer osti uskunalari o‘zlashtirildi, bu borada rejaga nisbatan 105,4 foiz natijaga erishildi,
O‘tgan olti oy davomida debitor qarzdorlik 498,0 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati ( o‘tgan yilning mos davri 378,7 mlrd. so‘m) - 131,5 foiz.
Kreditor qarzdorlik 323,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati ( o‘tgan yilning mos davri 359,3 mlrd. so‘m) 89,9 foizga teng bo‘ldi.
Ne’mat Dushayev,
"O‘zbekko‘mir" AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasb bayrami: konchilar sharaflandi
19-may –O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘td...
O'qishBirlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.M.Qayumovning bayram tabrigi
Hurmatli konchilar! Qadrli kasaba uyushmalari faollari! Bugun yurtimizda, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatimizda bayram shukuhi kezib yuribdi. Yakshanba kuni...
O'qish“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Vladimir Vladimirovich Kuznesovning bayram tabrigi
Aziz konchilar va mehnat faxriylari! Hurmatli hamkasblar! Sizni dunyodagi eng mashaqqatli va sharafli kasblardan biri ‒O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati...
O'qishYo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qish