Qishloq shifokori murojaati e’tiborsiz qoldirilmadi
Nashr qilingan sana: 02.10.2024 17:22:43#Murojaat_va_yechim
“O‘zbekko‘mir” AJning telegram-botiga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi tog‘li Chosh MFYda joylashgan 69-sonli oilaviy poliklinikasi feldsheri Ikromjon Ernazarovdan murojaat kelib tushgan edi. Unda tuman markazidan 150 chaqirim olisdagi mazkur tibbiyot muassasasi binosini qish mavsumida isitish uchun hanuzgacha ko‘mir yoqilg‘isi berilmaganligi bayon qilingan (https://t.me/c/2114251917/99).
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati tomonidan ushbu murojaatni o‘rganish jarayonida "Ko‘mir ta’minot" MChJ Surxondaryo viloyati filiali tomonidan viloyat byudjet tashkilotlariga rejadagi ko‘mir mahsuloti iyul oyining 10-sanasigacha qadar to‘liq yetkazib berilgani oydinlashdi. Filial rahbari H.Po‘latovning ma’lum qilishicha, tuman tibbiyot birlashmasi viloyat tibbiyot muassasalari ehtiyojiga yarasha yoqilg‘i qabul qilib olgan va vagonlar stansiyada uzoq turib qolmasligi uchun yoqilg‘ini markazlashtirilgan holda bir necha omborda zaxiralab qo‘ygan.
Kuni kecha tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan Choshtepa tibbiyot punktiga ko‘mir yetkazib berilgani haqida ma’lum qilishdi. Biz tibbiyot punkti feldsheri bilan telefon orqali bog‘landik. Murojaatchi yetti tonna ko‘mir qabul qilib olingani, mahsulot sifati qoniqarli ekanligi haqida ma’lum qilib, ta’minotchilarga minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, "Ko‘mir ta’minot" MChJ Surxondaryo viloyati filiali tomonidan viloyat byudjet tashkilotlariga rejadagi 35 900 ming tonna ko‘mir shu yilning 10 iyuliga qadar to‘liq tarqatilgan. Viloyatda davlat xususiy sherikchilik asosida (DXSh) faoliyat ko‘rsatuvchi olti tumandagi 30 ta tadbirkorlik tuzilmasiga esa shartnoma rejasidagi 19 155 tonna ko‘mirning 16 270 tonnasi yetkazib berilgan. Ayni paytda mahsulotning qolgan qismi temir yo‘l vagonlarida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari orqali Surxondaryoga kirib kelmoqda. Ular yetib kelsa, ikki-uch kun avomida tadbirkorlar ehtiyoji ham to‘liq qondiriladi. Aholi iste’molchilari uchun viloyat filiali tomonidan tarqatilgan ko‘mir mahsuloti hajmi esa 14 700 ming tonnadan oshib qoldi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir ikki usul - ochiq ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Konlarda, ayni dam olish kunlariga qaramay, ishlab chiqarish bir maromda, uzl...
O'qish
Ayolga ehtirom — jamiyatga ehtirom
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga hamisha munosib ehtirom ko‘rsatib kelinmoqda. Bu bejizga emas. Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi...
O'qish