Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz konchilar!
Nashr qilingan sana: 15.06.2024 23:38:22
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari, aziz hamkasblar!
Barchangizni Islom olamining muqaddas bayrami ‒ Qurbon hayiti bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.
Ushbu ayyom o‘zida mehr-shafqat, adolat, tinchlik va bag‘rikenglikni mujassam etgani bilan barcha mo‘min-musulmonlar va birodar xalqlar uchun qadrlidir. Tilagim, ezgu amallaringizni Alloh yorlaqasin. Orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqsin. Qodir Tangri sizga hamisha kuch va muvaffaqiyat, bukilmas iroda, xonadoningizga tinchlik va farovonlik ato etsin!
Siz konchilar bajarayotgan mehnat, amalga oshirayotgan ish o‘ta mashaqqatli va sharaflidir. Kasbingizga bo‘lgan muhabbat, mehnatsevarlik va sog‘lik hayotda va ishda sizning doimiy hamrohingizga aylansin. Mashaqqatli va jo‘shqin mehnatingiz uchun tashakkurlar aytamiz.
Barchangizni Qurbon hayti bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Bayram sizga, oilangizga quvonch keltirsin!
V.V.Kuznetsov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish