Shaxtada ishlash san’ati yoshlarga meros
Nashr qilingan sana: 06.02.2025 05:08:51“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan olinayotgan qattiq yoqilg‘i hech qanday begona aralashmalarsiz, sof mahsulotligi bilan ajralib turadi.
Konda bir oyda 5 ming tonnadan oshirib ko‘mir qazib olinmoqda. Rejalar doimo ortig‘i bilan bajariladi. O‘tgan yili ham konchilar reja-topshiriqlarini ortig‘i bilan uddalagan edilar.
‒ Hozirda konimizda bitta ko‘mir qazib olish uchastkasi ishlab turibdi, u mahsulot ko‘mir yetkazib beruvchi asosiy uchastka hisoblanadi. Ayni paytda yana bir yangi kon uchastkasini ishga tushirish tadorigi ko‘rilmoqda, ‒ deydi filial katta iqtisodchisi Latofat Mataeva.
Suhbatdoshimizga ko‘ra, filial rahbari Jahongir Mutalipov, bosh muhandis, Jamol Alimqulov, yer osti kon transporti bo‘limi boshlig‘i Ro‘zmat Shukurov, burg‘ulash va portlatish ishlari bo‘limi boshlig‘i Alisher Maqsudov va Yodgor Sattorovlardan iborat bo‘lgan bir guruh mutaxassislar, ushbu uchastka loyihasini 2020-yildayoq ishlab chiqishga kirishgan edilar. Hozirda bu yerda lahs qazish va boshqa yer osti ishlari bilan bog‘liq ko‘plab tadbirlar olib borilmoqda. Jarayonda filialga juda ko‘p yog‘och olib kelindi, ular asosan po‘stlog‘i va tugunlaridan tozalangan qarag‘aylar bo‘lib, ushbu yog‘ochlardan shaxta devor va shiftlarini mustahkamlashda keng foydalanilmoqda.
Korxonada eng muhim narsa ‒ intizom! Yer ostida ishlaydigan konchilar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart. Shu boisdan ham har bir smena oldidan xavfsizlik bo‘yicha yigirma daqiqalik yo‘riqnoma o‘tkaziladi. Unda tajribali va yosh konchilar birday ishtirok etadi. Ular yer ostiga tushishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Latofat Mataevaning ta’kidlashicha, korxonada “ustoz-shogird” tizimi namunali yo‘lga qo‘yilgan. Rahbariyat esa tizimning samarali ishlashini rag‘batlantirib keladi. Xullas, ustoz konchilar o‘zlarining yillar davomida egallagan yer ostida ishlash san’atini yoshlarga sidqidildan o‘rgatib, o‘zlariga munosib vorislar tayyorlashmoqda.

Oxirgi yangiliklar:
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish
Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalg...
O'qish