21-oktabr ‒ O‘zbek tili bayrami kuni
Nashr qilingan sana: 21.10.2024 10:46:00Til inson qalbining ko‘zgusidir. Unda nafaqat inson qalbi, balki o‘sha xalqning o‘tmishi, buguni, kelajagi, madaniyati va boshqa bir qancha jihatlari ham aks etib turadi. Bejizga biz til so‘ziga ona so‘zini egizak qilib aytmaymiz. Shuning uchun ham biz uni onamizdek qadrlashimiz, e’zozlashimiz, saqlashimiz va kelajak avlodga sof holda yetkazishimiz lozim. Til – qalb tarjimoni. Chunki har bir so‘z, eng avvalo, qalb torlarida chertiladi. So‘ngra so‘zlarda jilolanib tinglovchiga yetkaziladi.
Mana, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi. O‘zbek tilining ikki tomli izohli lug‘atidan siqib chiqarib tashlangan ma’naviyat, ma’rifat, qadriyat, ibo, hayo va boshqa bir qancha o‘zligimizni anglatib turadigan so‘zlarimiz, istiqlolimiz sharofati ila nashr etilgan besh tomli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilgan. Bu barchamiz uchun quvonchli holat. Tilimizning boshqa tillarga qaraganda qanchalik boy ekanligini XV asrdayoq Hazrat Navoiy o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari orqali isbotlab ketgan. U kishining “Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz” degan fikrlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, balki biz uchun dasturulamal vazifasini o‘tab kelmoqda.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi 3 yilda bir necha buyruqlar chiqarilib, ijroga yo‘naltirilgan.
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida 2024-yilgi rejaga muvofiq 4 nafar xodim Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish bo‘yicha malakasi oshirilgan.
Mamnuniyat bilan aytish lozimki, bugungi oshkoralik sharofati bois bu ishga alohida e’tibor qilinib, til muammolariday muhim va murakkab masalalar odilona hal etilmoqda. Har bir xalq o‘z tilini mukammal bilmog‘i, boshqa xalqlar tillariga hurmat bilan yondashmog‘i zarur.
Xasanboy Qosimov,
“O‘zbekko‘mir” AJ
Axborot xizmati mutaxassisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Surxondaryoda Yangi yil oldidan yana 624 tonna ko‘mir tarqatildi
Respublikamiz hududlarida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ortib yuborilgan ko‘mir mahsulotini aholiga tarqatish ishlari davom etmoqda. Bugun, 31-dekabr kuni “Ko‘mir...
O'qishKoʻmir konida ish qizgʻin davom etmoqda
Ayni damlarda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyati konlarida ishlab chiqarish bir maromda davom etmoqda. Konchilar 31-dekabr - bayram kuniga qaramay, kon ustki q...
O'qishMehnat kishisining qadri yanada baland bo‘ladi
Respublikamiz iqtisodiyoti barqaror rivojlanib bormoqda. Murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, joriy yilda iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan k...
O'qishYangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz konchilar!
Hurmatli ko‘mir sanoati xodimlari va faxriylari, aziz hamkasblar! Angren va uning barcha aholisi taqdiri ko‘mir sanoati bilan chambarchas bog‘liq. U...
O'qish