Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!
Nashr qilingan sana: 18.12.2024 13:36:48Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida seminar va davra suhbatlari olib borilmoqda.
18-dekabr kuni “Apartak ko‘mir koni” filialida “Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari E.Amanov boshqarib borgan tadbirda filial muhandis-texnik va ishchi xodimlari ishtirok etdi.
Korrupsiya illati davlat va jamiyat uchun katta xavf-xatar ekanligini bugun ming afsuski, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz. Shu boisdan ham mamlakatimizda eng avvalo ushbu illatga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda. Shu yilning 6-dekabridan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari E.Amanov tadbir avvalida ana shular haqida so‘z yuritar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori talablariga to‘xtalib o‘tdi. “O‘zbekko‘mir” AJ rivojlanishida ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, iste’molchilarga sifatli ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berishni ta’minlash, jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish g‘oyatda dolzarb vazifa ekanligiga urg‘u qaratdi.
Bugungi kunda “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlarida mavjud yoki ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga doir ma’lumotlar muntazam tahlil qilib borilmoqda. Davra suhbatida so‘z olgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Murodjon Abduraimov ana shu tahlillar natijalari haqida so‘z yuritdi. Ayni payida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, “manfaatlar to‘qnashuvi” holatlari va ularni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berdi.
Ta’kidlandiki, aksiyadorlik jamiyati xodimlari korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelingan taqdirda bu haqida jamiyat rahbariyatiga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishi lozim. Bunda xabar beruvchining shaxsi sir tutiladi.
Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Hamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilm...
O'qishKo‘mir koni zinalari bo‘ylab...
Qadimgi Ohangaron vodiysi hududida tektonik kuchlar ta’sirida bo‘r yotqiziqlari ochilib, ular ostidan yura davrining ko‘mirli qatlamlari yer yuzasiga chiqqan. Bu yerdagi...
O'qishHamkorlik masalalari muhokama etildi
16-dekabr kuni “CHETRA” MCHJ va “DIZEL KOMPLEKT BEL SERVICE” korxonasi vakillari “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldilar Bosh direktor V.V Kuznetsov ishtiro...
O'qish