Manzili mavhum tanqidiy videoxabarlardan kim manfaatdor?
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 12:54:55Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatiga vagonda kelayotgan ko‘mirlarni noma’lum shaxslar yo‘lda talon-toroj qilayotgani, jumladan, yirik ko‘mirlarni vagon ustiga chiqib, yerga uloqtirayotgani aks etgan videomaterial tarqaldi.
Ushbu videolavhada keltirilgan holat “O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida tanqidiy videolavha qachon va qaysi manzilda tasvirga olingani ko‘rsatilmagani uchun undagi faktlar bo‘yicha chora ko‘rishning iloji bo‘lmadi. Xulosalarga ko‘ra, videolavha eski bo‘lib, ancha yillar avval tasvirga olingani ehtimoli kuchli.
Fursatdan foydalanib, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan respublika aholisiga mo‘ljallangan mahalliy, arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotini talon-taroj qilish bilan bog‘liq holatlar kuzatilsa, bu haqidagi tanqidiy xabarlarda ularning manzili, sanasi va vaqtini aniq ko‘rsatish lozimligini, ana shunda har qanday salbiy holatlarga chek qo‘yish, huquqbuzarlarni qat’iy javobgarlikka tortish mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJ qazib olingan ko‘mir mahsulotlarini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari manziliga yuklab jo‘natishni ta’minlaydi. Bunda jamiyat mas’ullari ko‘mirni yuklash, jo‘natish, ko‘mirning sifati va miqdorlari yuzasidan javobgar hisoblanadilar. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi ko‘mir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qo‘riqlashga hamda yuklangan ko‘mir miqdoriga javob beradi. Hududiy ko‘mir omborlariga yetkazilgan ko‘mirni qabul qilib olish, sifatli saqlash va iste’molchiga sotilishiga “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mas’uldir.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish