Manzili mavhum tanqidiy videoxabarlardan kim manfaatdor?
Nashr qilingan sana: 22.09.2023 02:54:55Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatiga vagonda kelayotgan ko‘mirlarni noma’lum shaxslar yo‘lda talon-toroj qilayotgani, jumladan, yirik ko‘mirlarni vagon ustiga chiqib, yerga uloqtirayotgani aks etgan videomaterial tarqaldi.
Ushbu videolavhada keltirilgan holat “O‘zbekko‘mir” AJ va “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mutasaddilari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida tanqidiy videolavha qachon va qaysi manzilda tasvirga olingani ko‘rsatilmagani uchun undagi faktlar bo‘yicha chora ko‘rishning iloji bo‘lmadi. Xulosalarga ko‘ra, videolavha eski bo‘lib, ancha yillar avval tasvirga olingani ehtimoli kuchli.
Fursatdan foydalanib, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan respublika aholisiga mo‘ljallangan mahalliy, arzonlashtirilgan ko‘mir mahsulotini talon-taroj qilish bilan bog‘liq holatlar kuzatilsa, bu haqidagi tanqidiy xabarlarda ularning manzili, sanasi va vaqtini aniq ko‘rsatish lozimligini, ana shunda har qanday salbiy holatlarga chek qo‘yish, huquqbuzarlarni qat’iy javobgarlikka tortish mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekko‘mir” AJ qazib olingan ko‘mir mahsulotlarini “Ko‘mir ta’minot” MCHJning ko‘mir omborlari manziliga yuklab jo‘natishni ta’minlaydi. Bunda jamiyat mas’ullari ko‘mirni yuklash, jo‘natish, ko‘mirning sifati va miqdorlari yuzasidan javobgar hisoblanadilar. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi ko‘mir ortilgan vagonlarni belgilangan stansiyalarga yetib borishiga qadar qo‘riqlashga hamda yuklangan ko‘mir miqdoriga javob beradi. Hududiy ko‘mir omborlariga yetkazilgan ko‘mirni qabul qilib olish, sifatli saqlash va iste’molchiga sotilishiga “Ko‘mir ta’minot” MCHJ mas’uldir.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi xarid lotlari e'lon qilindi
"O‘zbekko‘mir" AJ xt-xarid.uz elektron platformasining "Eng maqbul takliflarni tanlash" ilovasi orqali "E va TT" filialining yillik ehtiyoj, xatlarida belgilangan elektr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ "Avtomobil texnologik transporti" filialida ishchi-xodimlar Milliy liboslarda
Milliy libos – xalqning ma'naviy qiyofasi Milliy libos har bir xalqning boy tarixini, madaniyatini, urf-odat va an’analarini o‘zida aks ettiruvchi muhim madaniy meros...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatiga oid maqola “Xalq so‘zi” gazetasida chop etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘ishlangan maqola respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri — “Xalq so‘zi” gazetasida eʼlon qilindi....
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ "Angren ko‘mir koni" xodimlar milliy liboslarda ish boshladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi "Angren ko‘mir koni"da ish olib borayotgan xodimlar milliy liboslarda ish boshladi. Bu tashabbus milliy qadriyatlarimi...
O'qish