Shaxsga doir maʼlumotlarni uning egasi roziligisiz ommaga tarqatish javobgarlikka sabab boʻladi
Nashr qilingan sana: 06.12.2023 11:23:36#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekkoʻmir” AJ xodimlarining oylik ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ayrim xodimlar tomonidan notoʻgʻri va asossiz ravishda tarqatilmoqda.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ davlat ulushi mavjud boʻlgan korxona hisoblanib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan kelishilgan tashkiliy tuzilma asosidagi shtat jadvaliga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.09.2019 yildagi 775-son “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida xodimlarning oylik ish haqi miqdori belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shaxsga doir maʼlumotlarni uning egasi roziligisiz ommaga tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos boʻladi. Bu borada tegishli vakolatli organlarga murojaat etilgan holda qonun buzilishi yuzasidan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha barcha choralar koʻriladi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Angren” ko‘mir koni mehnat jamoalarida
Aprel oyi “Angren” ko‘mir konida muvaffaqiyatli kechdi. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda oy davomida 1 600,0 kubometr o‘rniga 1735,3 kubometr (135%) hajmida...
O'qishMavjud bo‘sh ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qilindi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘z korxonalaridagi mavjud ish o‘rinlariga navbatdagi tanlov e’lon qiladi. Talbagorlarga 99 kasb bo‘yicha 184 bo‘sh ish o‘rni takl...
O'qishKo‘mir ta’minoti: korrupsiyaning oldini olish – dolzarb vazifa
Yakunlagan kuz-qish mavsumida respublika aholi iste’molchilari va budjet tashkilotlariga har galgidan ko‘p ko‘mir mahsuloti yetkazib berildi. Bu borada yutuqlar bor,...
O'qish“Ayol qismati” filmi namoyish etilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatda diniy terrorizm, aqidaparastlik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarayotgan harakatlarning oldini olish hamda ushbu salbiy oqiba...
O'qish