Davlat xizmatchisiga tadbirkorlik taqiqlanadi
Nashr qilingan sana: 19.11.2024 16:39:47
Shu yilning 6-dekabr kunidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kiradi. Shu munosabat bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida mazkur qonun mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyat ijro apparati va filiallar bo‘lim va boshqarma rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.
Manfaatlar to‘qnashuvi butun dunyoda jamoatchilikni tashvishga soladigan asosiy muammo bo‘lib, xizmat burchi bilan shaxsning shaxsiy manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatni o‘z ichiga oladi. Agar manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanmasa va to‘g‘ri boshqarilmasa, ular tashkilotlarning yaxlitligiga jiddiy tahdid solishi, davlat va xususiy sektorda korrupsiyaning avj olishiga olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilgani va 2024-yil 5-iyunda qabul qilingani korrupsiyaning oldini olish, davlat tashkilotlari faoliyatida urug‘-aymoqchilik, tanishbilishchilik kabi illatlariga chek qo‘yishga huquqiy asos bo‘ldi.
Yig‘ilishda aksiyadorlik jamiyati komplayens-nazorat xizmati rahbari Erkin Amanov ushbu qonunning mazmun-mohiyati, ushbu hujjat talablaridan kelib chiqadigan vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Qonuniylik, fuqarolarning, tashkilotlarning jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligini, ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlashga qaratilgan mazkur qonun shu yilning 6 dekabridan kuchga kiradi va u ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan va undan ko‘p bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlariga tatbiq etiladi, dedi jumladan E.Amanov. Bugungi kunda bunday davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatdan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ham o‘rin olgan.
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatilgan.
Ayni paytda davlat boshqaruv organlari va tashkilotlari rahbarlariga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun talablarini bajarish doirasidagi majburiyatlari va vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Yig‘ilishda shaxsning shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tartibga solish muhimligi alohida ta’kidlandi. Bu borada qonun talablaridan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha muhokama etildi hamda ishtirokchilar mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Yig‘ilishda jamiyat bosh direktori o‘rinbosari S.Shodmonov ishtirok etdi.
Ne’mat Dushaev,
“O‘zbekko‘mir” AJ matbuot kotibi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda...
O'qish
“Angren” ko‘mir konida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni” filialida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqa...
O'qish
Konchi ayol mehnati e’tirof etildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati va uning tizimidagi korxonalarda bugungi kunda ming nafardan ziyoroq xotin-qiz samarali mehnat qilib kelmoqda. 8-mart ba...
O'qish
Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan...
O'qish