Mehnat yarmarkasi: malakali mutaxassislarga ish bor
Nashr qilingan sana: 14.06.2024 13:01:27Ayni damlarda Angren shahridagi “shlar bog‘i”da bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Yarmarkada “O‘zbekko‘mir” AJ jamiyati ham ish beruvchi sifatida faol qatnashmoqda.
Aksiyadorlik jamiyatida bugungi kunda turli kasb egalaridan iborat olti ming nafardan kishi mehnat qilmoqda. Korxona tarkibida 11 filial bo‘lib, ularda malakali mutaxassislar, ayniqsa, yangi keltirilgan og‘ir yuk tashuvchi kon texnikalari haydovchilariga talab yuqori. Shuningdek, yuristkonsultdan tortib kon ekskavator mashinistigacha, gaz elektr payvandchidan tortib, tibbiyot hamshirasigacha, jami 150 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Jamiyat ijro apparati Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi va filiallardagi xodimlar bo‘limlari mutasaddilari har bir murojaat etuvchi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazib, ko‘mir sanoati korxonalariga ishga joylashish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tushuntirishlar berishmoqda.
Talabgorlar o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun korxonamizning rasmiy veb-sayti orqali onlayn hujjat topshirib, malaka sinov imtihonlaridan o‘tganlaridan so‘ng ishga qabul qilinadi.
Izohlar
Shodiyev Bunyod Nomozboy ogli
23.11.2024 16:15:38Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshida Faxriylar kengashi tuzildi Shu munosabat bilan 4 fevral kuni aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi. Tadbirga...
O'qishKondagi ishlar bir maromda davom etadi
Hozirgi qish mavsumida ochiq kon sharoitida ishlash oson emas: yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi atmosfera yog‘inlari ko‘mir qazib olishni qiyinlashtiradi, goh ish joylarida...
O'qishMehnat bozori va ta’lim integratsiyasi
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 30 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivo...
O'qishYetakchilar kengashi faoliyati sarhisob qolindi
“Oʼzbekkoʼmir” АJ Boshqaruv apparati faollar zalida filiallardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 2024-yil sarhisobi hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuz...
O'qish