IJTIMOIY OB’YEKTLARGA KUNIGA 3 MING TONNADAN OSHIRIB KO‘MIR JO‘NATILMOQDA
Nashr qilingan sana: 03.08.2022 06:18:27Qaynoq yozning so‘nggi oyi ham o‘tib bormoqda. Ayni kunlarda joriy kuz-qish mavsumida respublika aholisi issiqlikni qanday olishi haqida o‘ylashning ayni vaqti. Binobarin, mamlakatimizda qish payti ko‘mir bilan istildadigan ijtimoiy soha ob’yektlarini qattiq yoqilg‘i bilan ta’minlash masalasi o‘ta dolzarbdir.
Ayni kundlarda “O‘zbekko‘mir” AJda ko‘mir qazib olish, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ omborlarida yoqilg‘i tarqatish ishlari qizg‘in palaga kirgan.
Dmitriy Zborives, “Ko‘mir ta’minot” MCHJ logistika bo‘limi boshlig‘i, ko‘mir sifati inspektori:
− “O‘zbeko‘mir” AJning “Piket − 21” yuklash punkti byudjet tashkilotlari va aholi uchun ko‘mir yuklash bilan shug‘ullanadi. Ayni kunlarda bu yeda ish kechayu kunduz amalga oshirilmoqda.
Biz qo‘yilgan vazifalarning uddasidan chiqayapmiz va joriy yilning 15 sentyabriga qadar byudjet tashkilotlari uchun to‘liq hajmni to‘liq yetkazib beramiz, keyin esa aholi uchun jo‘natishni boshlaymiz.
Ko‘mirimiz sifati yuqori, aholidan shikoyat bo‘lmasligi uchun O‘zbekistonni to‘liq ta’minlashga harakat qilyapmiz. Biz bir jamoa bo‘lib ishlaymiz, jarayonda hamma ishtirok etadi – oddiy ishchidan tortib bosh direktorgacha.
Hozir byudjet tashkilotlari ehtiyojlari uchun kuniga 45-50 vagon yuklanadi (1 vagon - 69 tonna ko‘mir), ya’ni, kuniga 3000 tonnadan ziyoroq ko‘mir yuklab jo‘natilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-aprel kuni qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaq...
O'qish