Kasb |
Ombor mudiri (Moddiy texnik bazasi) |
|||
Ishjoyi |
“O’zbekko’mir” AJ “Moddiy-tehnika ta’minoti va ijtimoiy soha” filiali |
|||
Oklad |
2 118 270 |
|||
Yoshi |
24 |
Dan |
- |
gacha |
Ma’lumoti |
O‘rta-maxsus |
|||
Qo’shimcha kvalifikatsiya |
"Mazkur lavozim uchun o‘rta maxsus ma’lumot va ombor mudiri lavozimida kamida bir yil ish tajribasiga ega bo‘lish talab etiladi." |
|||
Ish tajribasi (staj) |
Kamida 1 yil |
|||
Bilishi kerak |
Ombor xo‘jaligini tashkil etish masalalari bo‘yicha me’yoriy va uslubiy materiallar; Tovar-moddiy boyliklarni saqlash bo‘yicha standartlar va texnik shartlar; Tovar-moddiy boyliklarning turlari, o‘lchamlari, markalari, navlari va boshqa sifat ko‘rsatkichlari hamda ularning sarf me’yorlari; Yuklash-tushirish ishlarini tashkil etish; Tovar-moddiy boyliklarni saqlash va omborlashtirish qoidalari va tartibi, ularni hisobga olish bo‘yicha nizom va yo‘riqnomalar; Yuklarni tashish va saqlash, ombor binolari va uskunalarini ijaraga olish bo‘yicha shartnomalar shartlari; Ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha hisob-kitob tartibi; Hisoblash texnikasi, aloqa va kommunikatsiya vositalaridan foydalanish qoidalari; Iqtisodiyot, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va boshqaruv asoslari; Mehnat qonunchiligi asoslari; Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish gigiyenasi qoidalari va me’yorlari. |
|||
Ishning tavsifi |
Omborga kelib tushgan, saqlanayotgan va chiqarilayotgan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, joylashtirish va chiqarish ishlarini tashkil qiladi. Tovar-moddiy boyliklarni ombor maydonlaridan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda joylashtirish, kerakli materiallar, inventarlar va boshqa ashyolarni tez va oson topishni ta’minlash choralari ko‘riladi. Saqlanayotgan tovar-moddiy boyliklarning butligi, saqlash tartib-qoidalariga amal qilinishi, kirim-chiqim hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va topshirilishini ta’minlaydi.Ombordagi yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi va ishlash holati, binolar, uskunalar va inventarlarning texnik holatini nazorat qiladi hamda ularning o‘z vaqtida ta’mirlanishini ta’minlaydi.Mehnat muhofazasi bo‘yicha belgilangan me’yorlar, qoidalar va ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda omborda yuk tushirish-yuklash ishlarini tashkil etadi.Tashuvchilar tomonidan yetkazib berilgan yuklash jihozlarini yig‘ish, saqlash va o‘z vaqtida yetkazib beruvchilarga qaytarishni ta’minlaydi.Tovar-moddiy boyliklarning inventarizatsiyasida ishtirok etadi.Ombor operatsiyalarining hisobini yuritish va belgilangan hisobotlarning shakllantirilishini nazorat qiladi.Ombor xo‘jaligi faoliyatining samaradorligini oshirish, tovar-moddiy boyliklarni tashish va saqlash xarajatlarini kamaytirish, zamonaviy hisoblash texnikasi, aloqa va kommunikatsiya vositalarini ombor xo‘jaligi ishlariga joriy etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.
|
|||
Ish rejimi |
08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni |
|||
Maxsus va qo'shimcha shartlar |
- |
|||
Talab etiladigan hujjatlar |
Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka) BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |