Yetakchi mutaxassis (“Angren ko’mir koni” filiali 47-sonli “Idoraviy qo`riqlash xizmati” uchastkasi)

Yetakchi mutaxassis (“Angren ko’mir koni” filiali 47-sonli “Idoraviy qo`riqlash xizmati” uchastkasi)

Kasb

Yetakchi mutaxassis

Ish joyi

“O’zbekko’mir” AJ “Angren ko’mir koni” filiali 47-sonli “Idoraviy qo`riqlash xizmati” uchastkasi

Oklad

2 675 455 so`m (9 razryad)

Yoshi

25

dan

 

gacha

Ma’lumoti

Oliy

Qo’shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida 2-yil

Bilishi kerak

- O‘z vazifalariga oid O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat, Ma’muriy, Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari bilan ishlashni.

- ish joyidagi operativ vaziyat;

- ishlab chiqarishni tartibga solish va tashkil etish;

- “O‘zbekko‘mir” AJda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish usullari;

- mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari.

- Word,  Excel dasturlari bilan ishlash, Internet va elektron pochtadan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.

 

Ishning tavsifi

- Idoraviy qorovullik uchastkasi vakolatiga kiradigan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tekshiruv va surishtiruv ishlarini olib borish, dalillarni to‘plab HMQOlarga yuborish .

- Jamiyat ob’ektlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va ularni bartaraf etish.

- Talon-toroj, mulkka zarar yetkazish, ob’ektlarga noqonuniy kirish, o‘tkazish tartib-qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha dalillar to‘plash, mustahkamlash ishlarini tashkillashtirish.

- Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida ichki ishlar organlari, prokuratura va sudlar bilan hamkorlik qilish.

- Xizmat hujjatlarini yuritish: bayonnoma, dalolatnoma, bildirgi va tekshiruv materiallarini rasmiylashtirish.

- Ish yurituvidagi ishlari natijalari bo‘yicha xavfsizlik xizmati va idoraviy qorovullik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash va hisobotini berib borish.

- Ob’ektlar xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ishtirok etish.

 

Ish rejimi

Smenali: belgilangan grafik asosida

Maxsus va qo'shimcha shartlar

sudlanmaganlik

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki ID karta, diplom yoki kasb bo’yicha guvohnoma,harbiy guvohnoma, tibbiy ko`rik xulosasi, sudlanmaganlik to`g`risi ma`lumotnoma, narkologiya dispanseri ma`lumotnomasi, ruhiy kasalliklar shifoxonasi ma`lumotnomasi, sertifikat, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka). BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling