Yer osti ishlari Marksheyderi (SHUKQO filiali)

Yer osti ishlari Marksheyderi (SHUKQO filiali)

Kasb

Yer osti ishlari Marksheyderi

Ish joyi

O`zbekko`mir AJ “SHUKQO” filiali

Oklad

2 681 770 so`m (9-razryad)

Yoshi

25

dan

55

gacha

Ma’lumoti

Oliy

Qo’shimcha kvalifikatsiya

-

Ish tajribasi (staj)

Kamida 3yil

Bilishi kerak

yuqori turuvchi organlarning tog'-marksheyderlik ishlarini ishlab chiqarish texnologiyasiga, marksheyderlik o'lchash asbob-uskunalari, asboblarini loyihalash va ulardan foydalanish qoidalariga doir normativ-huquqiy hujjatlar, boshqa yo'riqnomalar, uslubiy va me'yoriy materiallar; “O‘zbekko’mir” AJ tashkiliy tuzilmasi; O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Yer to‘g‘risida”, “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunlari; kon-marksheyderlik, tog'-kon va kapital konlarni ishlab chiqarish texnologiyasi; kadastr hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish; yer va fuqarolik qonunchiligi; geodeziya va yer tuzish ishlarini ishlab chiqarish bo'yicha qarorlar, farmoyishlar va boshqa yo'riqnoma, uslubiy va me'yoriy hujjatlar; yer tuzish va yer kadastrining huquqiy asoslari; - yerdan foydalanish, tuproqni eroziyadan himoya qilish, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va yer kadastriga qo‘yiladigan talablar; o'z vakolatlari doirasida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong'indan himoya qilish, yer qa'ri va tabiiy muhitni muhofaza qilish qoidalari va normalari.

Ishning tavsifi

Marksheyderning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish,  yer va kon uchastkalarini hisobga olish. Mulkga nisbatan kadastr ishlarini bajarish. Yer chegaralarining koordinatalarini aniqlash. Kadastr rejalarini tuzish. Kadastrni ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlash. Shaharsozlik rejalarini, yer uchastkalarini tanlash dalolatnomalarini, yer uchastkalarini joylashtirish rejalarini tayyorlash. Yer uchastkalari chegaralarini muvofiqlashtirish tartibini amalga oshirish. Davlat ko'chmas mulk kadastridagi ma'lumotlarni so'rash. Davlat kadastrini ro'yxatga olish uchun hujjatlarni etkazib berish. Tanlov aktini muvofiqlashtirish, yer uchastkalarini joylashtirish. Huquq hujjatlarini, shartnomalar loyihalarini tahlil qilish.

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

-

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom, mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling