“Moddiy-tehnik ta’minoti va ijtimoiy soha” filiali Texnik hujjatlar bo‘yicha muhandisi

“Moddiy-tehnik ta’minoti va ijtimoiy soha” filiali Texnik hujjatlar bo‘yicha muhandisi

Kasb

 Texnik hujjatlar bo‘yicha muhandisi

Ishjoyi

“O’zbekko’mir”  AJ “Moddiy-tehnik ta’minoti va ijtimoiy soha” filiali

Oklad

1 925 700

Yoshi

24

Dan

-

gacha

Ma’lumoti

Oliy yoki o’rta-maxsus

Qo’shimcha kvalifikatsiya

Oliy yoki o’rta kasb-hunar (texnik) va kasb-hunar taʼlimi yoki oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi

Ish tajribasi (staj)

Soha bo‘yicha kamida 1 yil

Bilishi kerak

    Komyuter tehnologiyalari, aloqa va aloqa vositalaridan foydalangan holda loyihlash va qurishda ilmiy- tehnik faoliyat sohasida ishlarni amalga oshiradi. Axborot xizmatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va boshqaruv, metrologik ta`minot, texnik nazorat. Uslubiy va me`yoriy hujjatlarni , texnik hujjatlarni shuningdek ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo`yicha taklif va chora tadbirlarni ishlab chiqadi. Texnik -iqtisodiy tahlillar olib boradi, qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlarni har tomonlama asoslaydi.               

Ishning tavsifi

Muhandisga biriktirib qо‘yilgan (yil boshida) kapital ta’mirlash, kapital qurilish yoki qayta tiklash ishlari bajarilishi yil davomida lozim bо‘lgan obyektlarni rо‘yxati bо‘lishi lozim.

- Yuqoridagi obyektlardagi ishlarini qanday borayotganligini, ish jarayonini, doimo joylarni о‘zida nazorat qilib borishi lozim.

- Nazorat paytida aniqlangan qurilish, ta’mirlash va qayta tiklash ishlari bо‘yicha kamchiliklarni joylarni (uchastkani) ish ustasiga va bо‘linma boshliqlariga nisbatan talabchanlikni oshirishi va kamchiliklarni о‘z vaqtida bartaraf qildirishi lozim.

- Qurilish inshootini yoki ta’mirlash inshootini joylarni о‘ziga borib atrofdan kuzatib chiqishi va shu paytni о‘zida ishni bajaruvchi korxona (podryadchik) qancha ishchi kuchi bilan ta’minlanganligini kerak bо‘lganda rо‘yxatini joylardagi ish ustalaridan olib turishi lozim.

- Texnik hujjatlar muxandis birlashmani bosh muxandisga yoki bosh direktoriga yangi qurilishlar takominlashtirish ishlariga ularni loyixalashtirish ishlariga smeta-texnik xujjatlarini tayyorlash uchun va loyixalashtirish ishlari lozim bо‘lmagan ta’mirlash ishlariga ham smeta xujjatlarini tayyorlash uchun “nuqsonlar dalolatnomasi”ni (ya’ni defekt aktlarni) asos qilib olib smeta-xujjatlarini tuzib borishlari uchun “О‘zbekkо‘mir” birlashmasini loyixalash bо‘limiga topshiriq berilishini sо‘rab о‘z raxbariyati orqali xat bilan chiqishi lozim.

-Texnik hujjatlar muxandisi loyixalashtirish bо‘limiga xat orqali ruxsat olgandan sо‘ng, ushbu ruxsatnomani loyixalashtirish bо‘limiga olib borib berishi lozim.

-Loyixalashtirish bо‘limi ruxsatnoma xatni olgandan sо‘ng xatda kо‘rsatilgan “obyektlar” uchun loyixalashtirish ishlari lozim bо‘lgan bino va inshootlarga loyixa tuzib beradi va loyixa lozim bо‘lmagan inshoatga (obyektlarga) loyixasiz faqat smeta-xujjatlarini tuzib berishlarini muxandis doimo nazoratda ushlab turishi lozim.

-Texnik hujjatlar muxandisi loyixalashtirishni juda kechiktirib yuborgan taqdirda, о‘zini raxbariyati xat bilan murojat qilib loyixalash va smeta-xujjatlarini tuzishni tezlashtirishlarini talab qilib loyixalash bо‘limiga ta’sir etish maqsadida “О‘zbekkо‘mir” birlashmasini bosh muxandisiga chiqishi lozim.

- Texnik hujjatlar muxandisi loyixalash bо‘limidan loyixa yoki smeta-xujjatlarini loyixa bо‘limini javobgar shaxsini tuzilgan smeta xujjatini tekshirib imzo qо‘yilganligini tekshirib 3nusxada olishi lozim.

- Olib kelingan smeta-xujjatlarini umumiy smeta tannarxini tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini tekshirib chiqadi va о‘z imzosini qо‘yishi lozim, hamda о‘z raxbariyatiga taqdim etib imzo qо‘ydirib tasdiqlatadi, sо‘ng bosh  muxosibdan      muxr bostirib olishi lozim.

- Muxr bostirib, imzolatib rasmiylashtirish tugallangandan sо‘ng, smetalarni tekshirib chiqish ishlarini ham tugatishi lozim.

- Rasmiylashtirish ishlari tugatilgandan sо‘ng smeta-xujjatlarini birinchi nusxasini buyurtmachi olib qoladi (ya’ni о‘zimizda) qoldiriladi, ikkinchi nusxasi loyixalash bо‘limida qoldiriladi, uchinchi nusxasi ijrochi korxona raxbariga yо‘llanma xat bilan olib borilishi lozim.

- Texnik hujjatlar muxandis raxbariyatni topshirig‘iga asosan, joylarni ish davom etayotgan obyektlarni doimiy nazorat qilib turishi lozim.

- Texnik hujjatlar muxandisi har bir kapital qurilishni, kapital ta’mirlanish va takomillashtirish ishlarini joylarda lozim bо‘lganda ishlarni turini aniqlaydi va u ishlarni о‘lchab chiqish yо‘li bilan ish hajmlarini m2 da va m3 da hamda sanoq yо‘li bilan aniqlashi lozim.

- Texnik hujjatlar muxandisi oyning  25-sanasidan kechiktirmay bosh pudratchi korxonadan obyektlarda bajarilgan ishlar bо‘yicha dalolatnomalarni olishi (f №2ni) lozim (qabul qilish dalolatnomasi va bajarilgan ishlar) larni muxandis qabul qilishi lozim va shu qabul qilish paytini о‘zidayoq ularni tо‘liq rasmiylashtirilganligini obdon tekshirishi shart, keyin har bir ishlarni smetadagi “pozitsiya” raqamlari bо‘yicha belgilangan meyoriy miqdorlariga qarab har bir “pozitsiya” bо‘yicha tekshirib chiqishi shart.

- Texnik hujjatlar muhandisi smetadagi belgilangan ish meyorlarini va xarajat meyorlarini bajarilgan ishlar dalolatnomasidagi haqiqiy ish meyorlarini tekshirishi va solishtirishi shart.

-  Texnik hujjatlar muhandisi har bir ish turini, xar bir bajarilgan ish meyorini smetadagi belgilangan narxlariga kо‘paytirib summasini о‘zi chiqarib tekshirib kо‘rishi shart va chiqqan summani jamini tekshirib kо‘rishi va tо‘lanishga lozim bо‘lgan summaga imzo qо‘yishi shart.

- Texnik  hujjatlar muhandisi yuqoridagi ishlar jarayonida yana “О‘zbekkо‘mir”ni loyixalashtirish bо‘limini, bosh pudratchilarni, birlashmamiz  talablariga, sо‘rovlariga javob xatlari  tayyorlab, rasmiylashtirib  olib  borib  berishi lozim.

- Texnik hujjatlar  muhandisi kо‘p vaqtini qurilish, kapital ta’mirlash va takomillashtirish ishlari jarayonini joylarga (obyektlarga) borib nazorat qilib turishga sarflab, tekshirib turishi lozim.

-  Texnik hujjatlar muhandisi qurilish va kapital ta’mirlash ishlari borayotgan joylardagi bо‘limi boshliqlariga, ustalarga ishdagi kamchiliklarini о‘z vaqtida bartaraf qilishlariga da’vat qilib turishi va qat’iy talab qilishi lozim.

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

-

Talab etiladigan hujjatlar

Passport yoki ID karta, diplom, mehnat daftarichasi  yoki uni o’rnini bosuvchi hujjat, ma’lumotnoma (obyektivka)

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling