Kasb, lavozimi |
Avtomobil transporti dispetcheri |
|||
Ishjoyi |
“O’zbekko’mir” AJ “ATT” filiali |
|||
Oklad |
1 692 075 so‘m |
|||
Yoshi |
22 |
dan |
60 |
gacha |
Ma’lumoti |
O‘rta-maxsus |
|||
Qo’shimcha kvalifikatsiya |
Talab etilmaydi |
|||
Ish tajribasi (staj) |
Talab etilmaydi |
|||
Bilishi kerak |
ishlab chiqarishni rejalashtirish va ishlab chiqarishni operativ boshqarish masalalari bo‘yicha qonunchilik, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va boshqa yo‘l-yo‘riq materiallari; korxonada ishlab chiqarishni rejalashtirish va dispetcherlik qilishni tashkil etish; korxona va uning bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari, ularning ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish aloqalari va kooperatsiyasi, mahsulot assortimenti va ish turlari; korxonada ishlab chiqarish omborlari ishini, transport va yuklash-tushirish ishlarini tashkil etish; tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonining operativ hisobini tashkil etish; mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari, xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi. |
|||
Ishning tavsifi |
Korxona yoki uning bo‘linmalarining ishlab chiqarish dasturlari, jadvallari va smena-kunlik vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish jarayonining borishi va boshqa asosiy faoliyat turlarining tizimli va tezkor hisobini yuritadi. Bo‘linmalarni zarur materiallar, butlovchi qismlar, asbob-uskunalar, shuningdek, transport va boshqa yuk tashish vositalari bilan ta’minlashni nazorat qiladi. Ishlab chiqarish maydonchalari va tsexlarida qolib ketishning belgilangan me’yorlariga, ishga tushirish partiyalarining hajmi va ularni taqdim etish muddatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. Qabul qilingan ma’lumotlarni smenali kunlik vazifalar, kalendar rejalari, ishlab chiqarish dasturlari bilan taqqoslaydi. Ishlab chiqarishning borishi, uning buzilishlari to‘g‘risida olingan ma’lumotlar to‘g‘risida korxonaning ishlab chiqarish-dispetcherlik bo‘limiga xabar beradi. Zarur hollarda korxonaning tegishli xizmatlarini jalb qilgan holda ishlab chiqarish jarayonidagi buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish choralarini ko‘radi. Dispetcherlik jurnalini yuritadi, tezkor hisobotlarni va boshqa texnik hujjatlarni tuzadi, ishlab chiqarish jarayonining buzilishi sabablarini qayd qiladi va ro‘yxatga oladi. Dispetcherlik xizmati operatorlarining ishini nazorat qiladi. Ishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi. |
|||
Ish tartibi |
Kunduzgi va tungi smena soat 8:00 dan 20:00 gacha. 20:00 dan 8:00 gacha. (Tushlik vaqti 12:00 dan 13:00 gacha) |
|||
Maxsus va qo'shimchashartlar |
|
|||
Talab etiladiganhujjatlar |
Pasportyoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom (bo’lsa), mehnatdaftarchasiyokiuningo’rninibosuvchihujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM. |
|||
|
|