Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!
Nashr qilingan sana: 06.12.2024 19:13:078-dekabr ‒ Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni! Mamlakatimizda ushbu bayram bu yil “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh gʻoya asosida keng nishonlanmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 17-oktyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi farmoyishi bilan tasdiqlangan dastur doirasida ayni kunlarda joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu sanani munosib nishonlash maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy va huquqiy tadbirlar tashkil oʻtkazilmoqda.
"Angren koʻmir koni" filialida tashkil etilgan tadbirda jamiyatimizning barcha tarkibiy tuzilmalaridan vakillar qatnashdilar. Taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekovning Bosh qomusimiz, uning yaratilish tarixi, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va hamiyati haqidagi joʻshqin maʼruzasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Taʼkidlanganidek, Konstitutsiyamiz bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan huquqiy va adolatli davlat qurish yoʻllarini keng ochgani, unda davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar qatʼiy belgilab berilgani bilan gʻoyatda qadrlidir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya muqaddima, 6 boʻlim, 27 bob va 155 moddadan iborat tarkibda tuzilgan. Jumladan, 42-moddada har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatning Jamoa shartnomasida oʻz aksini topgan. Ushbu Jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat boʻlib, unda ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyat, mehnat shartnomasi va bandlik kafolatlari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnatga haq toʻlash, kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari tartiblari belgilab berilgan. Shu bilan birga mehnat intizomi va mehnatni ragʻbatlantirish, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar, madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya, sogʻlomlashtirish va sport ishlari, ayollar mehnatini tartibga solish hamda ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga beriladigan qoʻshimcha imtiyoz va kafolatlar, shuningdek, yoshlar uchun qoʻshimcha imtiyoz va kafolatlar ‒ barcha-barchasiga batafsil oʻrin ajratilgan.
Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma ‒ bu Konstitutsiyadir. Barcha qonun va qonun rosti hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar barcha-barchasi ana shu konstitutsiya asosida ishlab chiqiladi va hayotga tatbiq etiladi.
Biz Bosh qomusimizni qanchalik oʻqib oʻrgansak va oʻz faoliyatimizda toʻgʻri qoʻllay olsak, davlatimiz yanada kuchli, yurtimiz obod va farovon, hayotimiz yanada mazmunli boʻlaveradi.
Fursatdan foydalanib, koʻmir sanoati xodimlari va mehnat faxriylarini hamda barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan qizgʻin tabriklayman. Tilagim, Bosh qomusimizda belgilab berilgan hayotbaxsh qadriyatlar hayotimizda toʻlaqonli oʻz aksini topsin, yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon boʻlsin!
Abdunosir Qayumov,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Energetika xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni yoqilg‘i-energi...
O'qishHamkor korxona vakillari bilan uchrashuv
19-dekabr kuni “Carbon-polymer” MChJ vakillari “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldilar Shu munosabat jamiyat ijro apparati bo‘lim va boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilm...
O'qishKo‘mir koni zinalari bo‘ylab...
Qadimgi Ohangaron vodiysi hududida tektonik kuchlar ta’sirida bo‘r yotqiziqlari ochilib, ular ostidan yura davrining ko‘mirli qatlamlari yer yuzasiga chiqqan. Bu yerdagi...
O'qishKorrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantiraylik!
Ayni kunlarda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy tuzilmalarida “Aksilkorrupsiya oyligi” tadbirlari doirasida seminar va davra suhbatlari olib borilmoqda. ...
O'qish