Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi
Nashr qilingan sana: 21.02.2025 08:59:23“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xodimlari haftaning har juma kuni ishga milliy liboslarda chiqmoqdalar.
Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. O‘zbek milliy liboslari ham juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqning boy madaniy an’analari va turmush tarzi ifodalaydi.
‒ “Milliy liboslar - ma’naviyat ko‘zgusi” targ‘ibot chellenji korxonamiz xotin-qizlari o‘rtasida anchadan buyon o‘tkazib kelinayotgan edi. Endilikda chellenjga erkak xodimlar ham qo‘shildilar. Bundan mamnunmiz, ‒ deydi jamiyat ijro apparati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilrabo Xidirova.
‒ Chellenjda juda o‘zgacha kayfiyatda ishtirok etdim. Milliy liboslar targ‘ibotini biz bosh ofis xodimlari boshlab berganimizda ham hikmat ko‘p, ‒ suhbatimizni davom ettirib deydi departament boshlig‘i Qutlug‘ Teshaboyev. ‒ Bizning ishimizda har doim ham maxsus kiyim-boshda bo‘lish talab qilinmaydi. Bunday paytda do‘ppi kiyib yursak bu ‒ juda yaxshi. Ayollarimizga atlas, adras, shoyi kabi milliy matolardan tikilgan kiyimlar yarashadi. Erkaklarning an’anaviy bosh kiyimi esa do‘ppidir. Erkaklar milliy libosimizning asosini chopon va belbog‘ ‒ qiyiqcha tashkil etadi.
Jamiyatda haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilanib, shu kuni jamiyat ijro apparati va filiallari xodimlari o‘z ish joylariga milliy liboslarda kelishi tavsiya etilgan.
Milliy liboslar targ‘iboti jamiyat filiallarida ham o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish