Izboskan tumaniga haftasiga 16 vagonda koʻmir yetkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 17:48:47Ayni kunlarda renspublikamiz boʻyicha qazib olinayotgan koʻmir mahsulotining asosiy qismi ahorli isteʼmolchilariga qatʼiy grafik asosida, mahalliy hokimliklar taqsimoti boʻyicha yetkazib berilmoqda.
Biroq, mahalliy koʻmir xarid qilishning amaldagi tartibidan bexabarlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda asosli-asossiz tanqidiy chiqishlar kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda Izboskan koʻmir omboriga "Odamlar kelib koʻmirsiz qaytishmoqda" sarlavhasi bilan chiqarilgan videolavha tarqaldi.
Ushbu videolavhadagi holat boʻyicha "Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon filiali boshligʻi B.Sultonov imzosi qoʻyilgan javob xatida shunday deyiladi:
"Haqiqatda, videolavha Izboskan koʻmir omborida tasvirga olingan boʻlib, unda ombor xodimining aholiga koʻmir tuman shtabi reja-grafigi asosida tarqatilayotgani tushuntirayotgan holat aks ettirilgan.
Izboskan tuman omborida koʻmir yoqilgʻisi 4 ta sektor boʻyicha tuzilgan reja-grafik asosida aholiga yetkazib berilmoqda, maqola joylangan kuni Izboskan koʻmir ombori uchun yuborilgan vagonlar yoʻlda ushlanib qolishi natijasida kech yetib kelgan. Oʻsha kuni Izboskan maxsus tuman shtabi vakillari tomonidan MFY raislari, faollar va aholi ishtirokida temir yoʻl stansiyasida uchrashuv oʻtkazilib, aholiga koʻmir tarqatish tartibi boʻyicha tushuncha berildi va ular reja-grafik bilan tanishtirildi.
Izboskan tumani aholisiga joriy kuz-qish mavsumi uchun 16580 tonna koʻmir yetkazi berish rejalashtiirilgan boʻlib, 7 dekabr holatiga 8113 tonnasi keltirib tarqatildi.
Hooʻzirda Izboskan tumaniga haftasiga 16 vagonda 1072 tonna koʻmir yekazib berilmoqda".
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
ctaACQHnOLYVSu
13.12.2022 07:58:16uzXSEWIJwvmLak
13.12.2022 07:58:14ixbBgGmFnks
13.12.2022 07:58:09FkMaDvZUIiLOm
13.12.2022 07:58:06Oxirgi yangiliklar:
Diqqat: “BelAZ” va “Komatsu” samosvallari haydovchilari kerak!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati “BelAZ” hamda “KOMATSU” avtosamosvallarini boshqarish uchun yuqori malakali haydovchilarini ishga taklif qiladi. Aksiyadorlik jam...
O'qish“Koinot” oromgohi mavsumning 2-navbatini boshladi
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari farzandlarining navbatdagi katta bir guruhi "Koinot" bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga mavsumning ikkinchi navbatida dam olish...
O'qish“O‘zbekko‘mir AJ aksiyadorlari diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kenga...
O'qish“O‘zbekiston-2030” strategiyasi ijrosi muhokama qilindi
Kon-geologiya vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi 2024-yil 28-iyunkuni Tog‘-kon sanoati va geologi...
O'qish