Bog‘ot tumanidagi ko‘mir ombori faoliyati nazoratga olindi
Nashr qilingan sana: 17.10.2025 15:09:37Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog‘ot tumanidagi ko‘mir omboridagi holatlar “Ko‘mir ta’minot” MChJ Xorazm viloyati filiali tomonidan nazoratga olindi.
Filial direktori K. Jumaniyozov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Amaldagi holatga ko‘ra, Bog‘ot temir yo‘l stansiyasi orqali aholi iste’molchilari uchun yuborilgan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yuk vagonlaridan tushirilib, Bog‘ot hamda Yangiariq tuman ko‘mir omborlari tomonidan qabul qilinmoqda.
Xususan, joriy yilning 3 oktabr kuni Bog‘ot temir yo‘l stansiyasiga jami 13 ta vagonda 905 tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgan. Shundan:
– Bog‘ot tuman ko‘mir ombori — 8 ta vagon (556 tonna);
– Yangiariq tuman ko‘mir ombori — 5 ta vagon (349 tonna) ko‘mir yoqilg‘isini qabul qilib olgan.
Yangiariq tuman ko‘mir ombori tomonidan joriy yilning 4 oktabr kuni filialga tegishli MAN rusumli, davlat raqam belgisi 90 230 DBA bo‘lgan yuk avtotransport vositasida 73 tonna ko‘mir tashib olingan.
Shuningdek, 5 oktabr kuni MAN (90 230 DBA, 90 219 DBA) hamda ISUZU (90 265 DBA, 90 256 DBA, 90 261 DBA) rusumli yuk avtotransport vositalarida jami 202 tonna mahalliy ko‘mir tashib ketilgan.
Qolgan 74 tonna mahalliy ko‘mir hozirda Bog‘ot temir yo‘l bekati hududida saqlanmoqda.
Bundan tashqari, 5 oktabr kuni Bog‘ot temir yo‘l stansiyasiga qo‘shimcha 10 ta vagonda 692 tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi yetkazilgan. Shundan:
– Bog‘ot tuman ko‘mir ombori — 6 ta vagon (415 tonna);
– Yangiariq tuman ko‘mir ombori — 4 ta vagon (277 tonna) ko‘mirni qabul qilgan.
Hozirda Yangiariq tuman ko‘mir omboriga filialga tegishli yuk avtotransport vositalari orqali ko‘mir tashish ishlari rejali tarzda davom etmoqda.
Shu bilan birga, ko‘mir omborlarida mahalliy ko‘mirni saralash yoki tasniflash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha hajmdagi mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi aholi ehtiyojlariga teng va adolatli taqsimlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Bog‘ot tuman ko‘mir omborida avval faoliyat yuritgan sobiq ombor mudiri hozirgi kunda mehnat faoliyatini amalga oshirmayapti.
Shuningdek, aholiga tarqatilayotgan mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi belgilangan narxlar bo‘yicha sotilmoqda. Belgilangan narxdan oshirib sotish holatlari aniqlanmagan.
Yuk avtotransport vositalariga ko‘mirni yuklash jarayonlari belgilangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida yuk yuklanadigan hududga yaqinlashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu chora-tadbirlar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ish jarayonini tizimli va nazoratli tarzda tashkil etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi
11‑noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Qurilish-m...
O'qish
Kasaba uyushmalari – mehnat sharafi va ijtimoiy adolatning asosi
Qadrli kasaba uyushmalari faollari, aziz hamkasblar! Mana, beshinchi yildirki, mamlakatimizda 11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni sifatida umumxalq bayrami...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi va maishiy korrupsiyaga qarshi seminar o‘tkazildi
2025-yil 6-noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining “Temiryo‘l transporti” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar to‘qnashuvi...
O'qish
Maishiy korrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
5noyabr kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filialida O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyunda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘...
O'qish