Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Nashr qilingan sana: 15.10.2026 18:04:10Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan ishchi guruh tashrifi tashkil etildi.
Yigirma nafar mutaxassisdan iborat ishchi guruhning tashrifidan ko‘zlangan maqsad davlat korxonalarida oltita yo‘nalish bo‘yicha tashabbuslar portfelini shakllantirish, ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlashga amaliy ko‘maklashishdan iborat.
Tashrif dasturi korxonaning katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuv bilan boshlandi. Unda korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi hamda savol-javoblar tashkil etildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari Angren ko‘mir koniga tashrif buyurib, ko‘mir qazib olishning texnologik jarayonlari hamda ichki ko‘mir saqlash omborlarining holati bilan yaqindan tanishdilar.
Kunning ikkinchi yarmida mutaxassislar “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi” filialida bo‘lib, kon uskunalarini ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Zavodning quyuv sexida o‘tkazilgan uchrashuv davomida filial rahbari Davron Kamalov amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va kelgusida rejalashtirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur tashrif korxonada operatsion samaradorlikni oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oxirgi yangiliklar:
Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkor...
O'qish
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish