Tanqidiy chiqish isbotini topmadi
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 06:58:08Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Asaka koʻmir omboriga yetkazilgan koʻmir yoqilgʻisi saralanib, maydasi aholiga yetkazib berilmoqda" sarlavhasi ostida fotolavha eʼlon qilingan edi.
Ushbu tanqidiy chiqish yuzasidan "Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon viloyat filiali rahbari B.Sultonov imzosi bilan olingan javob xatida quyidagilar maʼlum qilinadi:
"Maqolada koʻrsatilgan masala oʻrganib chiqilganida, Asaka koʻmir omborida yetkazib berilayotgan koʻmir saralanib, elanib qolgan mayda qismi aholiga tarqatilayotgani haqidagi holat isbotlanmadi. Sababi, Andijon viloyatiga temir yoʻl vagonlarida yetkazilayotgan koʻmir, "Angren" konidan ortilgandan soʻng qatʼiy nazoratga olingan, har bir vagon shahar-tumanlar ehtiyojidan kelib chiqib taqsimlanmoqda. Omborga yetib kelgan vagonlar joylardagi shahar-tuman shtab aʼzolari ishtirokida ochilib, taqsimot asosida MFY vakillari kuzatuvida aholi xonadonlari tarqatilmoqda.
Chop etilgan maqoladagi fotosuratlarda Asaka omboridan Asaka tumani "Turon" MFY aholisi uchun koʻmir ortilgan jarayonlar aks ettirilgan. Ushbu holat joyiga borib oʻrganilgan va aholiga yetkazib berilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda koʻmir yoqilgʻisi barcha tumanlarga qatʼiy grafik asosida yetkazib berilmoqda. Fuqarolar koʻp hollarda koʻmir yetkazish tartibi boʻyicha toʻliq maʼlumotga ega boʻlmaganligi hamda oʻz mahallasi navbatini kutishni istamaganligi uchun norozilik bildirib, internet tarmogʻiga yetarlicha asosli boʻlmagan maʼlumot joylamoqda.
Andijon viloyati aholisiga joriy kuz-qish mavsumi uchun 158 ming tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Bugungi kun holatiga 80,1 ming (51 %), Asaka tumani aholisiga rejadagi 10040 tonna koʻmirning 5731 tonna (57 %)si yetkazib berilgan".
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurma...
O'qish
“Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yildi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Angren shahridagi Istiqlol maydonidagi “Motamsaro ona” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maz...
O'qish
Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish