Termiz universiteti talabalari ‒ “Angren” konida
Nashr qilingan sana: 05.05.2025 13:27:03
Joriy yilning 25-aprel kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarida bo‘ldilar.
Sayoxatdan maqsad ‒ ko‘mir sanoati korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, zamonaviy qazib olish jarayonlari, foydalaniladigan texnika va texnologiyalarni o‘z ko‘zlar bilan ko‘rishdan iborat.
Dastlab “Angren ko‘mir koni” filialining Markaziy dispetcherlik markazida (MDM) uchrashuv tashkil etildi. Ekskursiyada jamiyatning bosh mexanigi Qobiljon Qurolov tomonidan talabalarga qazib olish ishlarida qo‘llaniladigan texnikalar – temir yo‘l transporti, konveyer lentalari, yuk tashuvchi samosvallar, burg‘ulash uskunalari va ekskavatorlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Sayoxat davomida talabalarga konda mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar, ularning zaxira hajmi, tarkibiy xususiyatlari va qazib olish texnologiyalari, ko‘mir markalari, ishlatilish sohalari, ko‘mir qatlamining qalinligi, ko‘chkilar va ularning sodir bo‘lish sabablari, yer osti suvlari, kaolin va ohaktoshlar bo‘yicha ma’lumotlar oldilar.
Shundan so‘ng talabalar ATT filiali ta’mirlash ustaxonasida bo‘lib, ta’mirda turgan avtosamosvallarni tuzatish jarayoni, ularga ko‘rsatilayotgan texnik xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Qutlug‘ Teshaboev,
Tashqi iqtisodiy aloqalar va investisiyalar departamenti boshlig'i
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xotira va qadr kechasi o‘tkazildi
Joriy yilning 7-may kuni "O‘zbekko‘mir" AJda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi Angren shahridagi “Zamin-2”...
O'qish
Кorrupsiya qarshi seminar-trening o‘tkazildi
Korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelib, barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etadigan illatdir. Us...
O'qish
Telegram botdan foydalanish qoidalarini bilasizmi?
Botlar interaktiv xizmatlarning eng ommaviy shakli bo‘lib, jamoatchilik bilan aloqada muhim rol o‘ynaydi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxs...
O'qish