Устоз ва мураббийларга эҳтиром
Publication date: 30.09.2021 06:48:501 октябрь − Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабат билан "Ўзбеккўмир" АЖ "Қурилиш-монтаж ишлари" филиалида байрам тадбири бўлиб ўтди.
Акциядорлик жамияти ижро аппарати ва филиалларида кўп йиллардан буён самарали фаолият кўрсатиб келаётган устоз кончилар ва меҳнат фахрийлари таклиф этилган тадбирни Жамият Бирлашган касаба уюшма қўмитаси раиси Абдуносир Қаюмов кириш сўзи билан очди ва йиғилганларни байрам билан қизин муборакбод этди.
Тадбир меҳмони, Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист Султонпошшо Ўдаеванинг устозлар, уларнинг жамиятда тутган ўрни ҳақидаги ибратли ва ҳикматли чиқиши самарали меҳнати, бой тажрибаси билан устозлик мақомига эришган ишчи-ходимларга байрамона кайфият бахш этди.
Устоз кончилардан бир гуруҳига Бирлашган касаба уюшма қўмитаси томонидан эсдалик совғалари топширилди.
Карантин қоидаларига риоя қилинган ҳолда ташкил этилган байрамда, шунингдек, шоира Муяссархон Отажонова ҳамда сўз устаси Шерзод Боймуродовларнинг чиқишлари йиғилганларга кўтаринки кайфият бағишлади.
Comments
Latest news

May our country always be peaceful and our people prosperous!Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda ko‘mir sanoati mehnat faxriylariga “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Dusmatov Nodirbek Uktamjanovichning bayram tabrigi Hurmatli urush veteranlari va ko‘mir sanoati mehnat faxriylari! Sizlarni 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Biz bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan ota-bobolarimiz, front ortida mashaqqatli mehnat qilib, g‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan hamyurtlarimizning yorqin xotirasi oldida hamisha bosh egamiz. Shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, urushdan keyingi tinch qurilish yillarida O‘zbekiston ko‘mir sanoatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan faxriy konchilarimizga yuksak hurmat va ehtirom bajo keltiramiz. Bugungi dorilomon kunlar uchun shukrona aytib, Vatan ozodligi va xalq farovonligi uchun kurashgan qahramonlar haqida gapirar ekanmiz, tabarruk Ona siymosi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Chunki el-yurt himoyasini or-nomus ishi deb biladigan mard va botir o‘g‘lonlarni voyaga yetkazgan ulug‘ zot – onadir. Ko‘mir sanoatining rivojlanishiga o‘z hayotida munosib hissa qo‘shgan ko‘plab o‘g‘lonlarni ham dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan onalardir. Oldimizga qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishishda faxriylarimizning jasorati, shonli an’analari, hech shubhasiz, biz uchun hamisha ibrat bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, Sizlar barcha ishlarimizda dono maslahatgo‘y, tog‘dek tayanch bo‘lib, duolaringiz bilan madad berib kelmoqdasiz. Va biz buni yuksak qadrlaymiz, sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz! Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz hamisha tinch, xalqimiz yanada farovon bo‘lsin!
Congratulatory Message from Dusmatov Nodirbek Uktamjanovich, General Director of "O‘zbekko‘mir" JSC, to World War II Veterans and Coal Industry Labor Veterans Dear war...
Read

