O‘quv markazi boshlig‘i

O‘quv markazi boshlig‘i

Kasb

O‘quv markazi boshlig‘i

Ish joyi

O`zbekko`mir AJ

Oklad

3 031 350 so`m (11-razryad)

Yoshi

28

dan

 

gacha

Ma’lumoti

“Foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish”, “Ochiq kon ishlari”, “Tog‘- kon sanoati va geologiya yo‘nalishlarida iqtisod va boshqaruv”, “Kon elektromexanikasi”, “Energetika” yo‘nalishlari bo‘yicha oliy  ma’lumot

Qo’shimcha kvalifikatsiya

 

Ish tajribasi (staj)

ko‘mir sanoatida 5 yildan kam bo‘lmagan ish staji

Bilishi kerak

-    “O‘zbekko‘mir” AJ ning xozirgi va kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarini;

-    “O‘zbekko‘mir” AJ tashkiliy tuzilmasini; konning tog‘-geologik sharoitlarini;

-    ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayonlarini;

-    O‘zbekiston Respublikasining “Milliy kadrlar tayyorlash dasturi to‘g‘risidagi” qonunni;

-    Ko‘mir sanoatini kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini; ishchilarni kasbga o‘qitish va tarbiyalash shakllari, turlari va usullarini, kasbga yo‘naltirishni;

-    Xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, dastur va o‘quv rejalarini ishlab chiqish tartibini, rejalashtirish usullarini, boshqa o‘quv-metodik xujjatlarni yuritish tartibini;

-    O‘qituvchi va o‘quv ishlab chiqarish ustalariga maosh to‘lash tizimini;

-    Ishdan ozod qilingan holda o‘qishga yuborilgan xodimlarni moddiy ta’minot sharoitini;

-    xisobot tuzish tartibini;

-    Ijtimoiy va psixologiya asoslarini;

-    Mexnat muxofazasi qoida va normalarini, xavfsizlik texnikasini,sanoat xafsizligini, sanoat sanitariyasini, yong‘in xavfsizligi va atrof-tabiiy  muxit muxofazasini.

Ishning tavsifi

1. “O‘zbekko‘mir” AJga, filial kadrlarini mutaxassisliklarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yillik va ko‘p yillik vazifalarini ishlab chiqish va taqdim etish.

2. Ishga qabul qilingan ishchi-xodimlarni namunaviy o‘quv dasturi asosida qayta o‘qitishni tashkil etish.

3. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash natijasida bo‘sh qolgan, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish yoki boshqa sabablar tufayli xodimning kasbiy salohiyati va malakasi darajasidan kelib chiqqan holda tayyorlov kurslarida boshqa kasbga qayta tayyorlash.

4. Ishchilar malakasini oshirish va ikkinchi mutaxassislikka o‘qitish.

5.“O‘zbekko‘mir” AJ filiallarining talablariga asosan, ishchi va xodimlarning malaka darajalarini (razryad) oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkillashtirish, tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida o‘qitish, bilimlarini tekshirish buyicha imtihonlarni tashkillashtirish va o‘tkazish.

6. Ishchi xodimlarni, “Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiya” bilan kelishilgan va “O‘zbekko‘mir” AJ bosh muxandisi tomonidan tasdiqlangan dastlabki o‘qitish dasturi asosida o‘qishni tashkillashtirish va o‘tkazish.

Ish rejimi

08:00-17:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo'shimcha shartlar

 

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki  ID karta, diplom yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat, mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma (ob’ektivka)BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling