Mutaxassis (sohaviy media-kontent tayyorlash bo‘yicha) E va TT filiali

Mutaxassis (sohaviy media-kontent tayyorlash bo‘yicha) E va TT filiali

Kasb

Mutaxassis (sohaviy media-kontent tayyorlash bo‘yicha)

Ish joyi

“O‘zbekko‘mir” AJ “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari filiali”

Okladi

2 235 600

Yoshi

22

Dan

-

Gacha

Ma’lumoti

Oliy

Qo‘shimcha kvalifikatsiya

-

Ish tajribasi

Kamida 1 yil

Bilishi kerak

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni  va  tegishli qonunlar, hukumat qarorlari hamda xizmat doirasi amal qilish zarur bo‘lgan nizomlar, yo‘riqnomalarni;  jurnalistika sohasida tajribaga egaligi, axborotni boshqarish nazariyasidan xabardor bo‘lishi; axborot texnologiyalarini tajribali foydalanuvchi darajasida bilishi, audio, video, foto jihoz qurilmalari bilan ishlay olishi, ovoz yozish, tasvirga olish hamda montaj qilish, grafika materiallar tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; operativ ish uchun zarur bo‘lgan matn materiallarini yozishni amalga oshirish.

Ishning tavsifi

 Korxona faoliyatiga hamda sohaga oid mediamahsulotlar (audio, video, foto, infografika) tayyorlash va ularni axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, respublika va mahalliy radio-televideniyeda e’lon qilish uchun taqdim etish; ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar boshqaruvi (SMM); Axborot xizmati faoliyatida ishtirok etish, matbuot tadbirlari konsepsiyasi va rejalarini ishlab chiqishda qatnashish, korxona tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar (yig‘ilishlar, bayram tadbirlari, brifing, press-tur, matbuot anjumani)dan ijtimoiy tarmoqlarda jonli efirlar yuklashni tashkil etish, tadbir tafsilotlari haqida audio, video, foto materiallar tayyorlash, korxona faoliyati va tarixiga oid mediamahsulotlar arxivini shakllantirish. 

Ish rejimi

09:00-18:00; haftalik 5 ish kuni

Maxsus va qo‘shimcha  shartlar

 respublika, viloyat, shahar elektron ommaviy axborot vositalari jurnalistlari bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘ya olishi; "Xavfsizlik bo'yicha yagona ish tizimi to'g'risidagi Nizom" asosida, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ko'rsatmalarining bajarilishini ta'minlash, prom. sanitariya va xavfsizlik, mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalariga rioya qilish.

Talab etiladigan hujjatlar

Pasport yoki ID karta, rezyume (obyektivka) diplom (bo’lsa), mehnat daftarchasi yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat. BARCHA HUJJATLAR "jpeg" YOKI "pdf" FORMATIDA YUKLANISHI LOZIM.)

Uzbekcoal.uz yangiliklariiga obuna bo'ling