“Koinot” oromgoxida ochilish marosimi
Nashr qilingan sana: 24.06.2024 01:24:42“Koinot” oromgoxida ochilish marosimi
21 iyun kuni «Koinot» bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida yangi mavsumning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekko‘mir» AJ tasarrufidagi Ohangaron tumanining xushmanzara Chetsuv qishlog‘i hududida joylashgan oromgoh kuni kecha mavsumning 1-navbatiga dastlabki 250 nafar dam oluvchilarni qabul qildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bolajonlarni oromgohga kelgani bilan qutlab, ularga mazmunli hordiq chiqarishlarida omad tiladilar.
Dam oluvchilar tomonidan namoyish qilingan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Ma’lumot uchun, to‘rt navbatda faoliyat ko‘rsatadigan oromgohda mavsum davomida ming nafar o‘g‘il-qiz hordiq chiqarishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yangi g‘oyalar – yangi yutuqlarning boshlanishidir!
#Eng_yaxshi_ixtirochi_tanlovi_haqida_suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyas...
O'qish
“Yoshlar oyligi” doirasida qiziqarli sport musobaqalar
2-iyun kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalariga start berildi. 2-iyun kuni sportning v...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: Tiklanish va taraqqiyot yillari
Xorij matbuoti O‘zbekistonning boy foydali qazilmalari haqida ma’lumot bermoqda. Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir havzasida nafaqat qo‘ng‘ir, balki kulrang va...
O'qish
Ko‘mir ‒ sanoatni harakatlantiruvchi kuch
«O‘zbekko‘mir» AJ qo‘ng‘ir ko‘mir qazib olish va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. 2024-yilda Jamiyat tomonidan 6,7 mln to...
O'qish