“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tadbirlar o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 22.10.2025 07:27:17
2025-yil 21-oktyabr kuni “TTUS zavodi”, “MTT va IS” hamda “Apartak ko‘mir koni” filiallarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tadbirlar aholi va xodimlarning seysmik xavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.
Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son qarori va Bosh vazirning 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJning barcha filiallarida 20–27 oktyabr kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” yuqori saviyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish